So’nggi yangiliklar

22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  3 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  11 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  1 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   15 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  9

Mourino: "Ibragimovich eng yaxshi ekanligini isbotlasa, MYUning asosiy tarkibida maydonga tushadi" Yangiliklar

Mourino: "Ibragimovich eng yaxshi ekanligini isbotlasa, MYUning asosiy tarkibida maydonga tushadi"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoning malum qilishicha, hujumchi Zlatan Ibragimovich asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun hujum chizig'ida kuchli ekanligini isbotlashi kerak.

"Zlatan meni yaxshi biladi va men maydonga o'zim eng yaxshi deb hisoblaganlarni tushirishimdan ham xabardor. Doimo shunday qilganman. Agar u eng yaxshi ekanligini isbotlasa, maydonga tushadi. Agar boshqasi unga buni isbotlash uchun imkon bermasa... Hayot shunday. Futbolchilar oldida doimo adolatli bo'lishga harakat qilaman. Har doim ham to'g'ri yo'l tutmasman, biroq shunga intilaman.

Jamoa o'tgan yozga qaraganda ancha kuchaydi. Ibragimovich esa biz uchun hujumdagi yana bir variantga aylandi. U to'qqizinchi yoki o'ninchi raqamning joyida o'ynashi mumkin bo'lgan tajribali futbolchi bo'ldi. Bu mavsum juda ko'p uchrashuv o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Agar CHempionlar ligasida va Kuboklarning birida o'sishga erishsak, Lukaku va Rashfordlar bilan chegaralanib qolmaymiz. Bunday hollarda yanvar oyida bizga yana bir hujumchi kerak bo'ladi. Ushbu kamchilikni to'ldirish uchun Ed Vudvord xonasining eshigini taqqilatishga to'g'ri kelardi. Endi bunday qilishim shart emas. Jamoada yana dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri paydo bo'ldi" - deydi Mourino.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика