So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Moskva kundaligi, 3-kun: Pshenichnikov bilan ikkinchi kun Yangiliklar

Moskva kundaligi, 3-kun: Pshenichnikov bilan ikkinchi kun

Kecha atayin Yuriy Pshenichnikov mavzusiga ko'p ham to'xtalmadim.
Garchi, bir kun avval CSKA matbuot xizmati bizga intervyu olish uchun ruxsat bergan bo'lsada, CSKA manejida bo'lib o'tgan birinchi suhbatimiz oxiriga etmay qolgan edi. Gap shundaki, Yuriy Pavlovich bilan suhbatimiz eng qizg'in pallasiga kelganida, bizdan manejni tark etishimizni so'rashdi. Pshenichnikov bilan suhbatimiz reja asosida ketayotgandi. "Paxtakor", Krasnickiy va CSKA haqidagi fikrlari bilan qiziqib bo'lib, endi mavzuni posbonimizning terma jamoadagi faoliyati hamda ustozi Lev Yashin bilan qanday tanishganiga burmoqchi bo'layotgandim.

Afsus yigitlar, kelinglar ertaga meni bir shogirdim bilan mashg'ulotim bo'ladi, shu erda suhbatni davom ettiramiz, - dedi suhbatdoshimiz.



- Kelishdik, demak Siz bilan ertaga yana suhbatlashamiz.
Rejaga ko'ra, 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da "Dinamo" metro bekatida Yuriy Pavlovich bilan uchrashdik, u bizni shogirdi va uning dadasi bilan "Luch" stadioni tomon boshladi. Bu stadiondan "Dinamo" (Moskva) jamoasining akademiyasi foydalanar ekan. Yuriy Pavlovich esa hozirda faqatgina shu shogirdi bilan shug'ullanar, qarilik alomatini bildirmaslik uchun, u ko'rsatmalarini shogirdining dadasi yordamida amalga oshirar ekan.

Bir tomondan, kecha bizni majmuadan chiqarib yuborishgani yaxshi bo'ldi. "Luch" stadioniga kiraverishda Lev Yashin va Yuriy Pshenichnikovning "Paxtakor" Markaziy stadionidagi ilk uchrashuvlari aks ettirilgan surat osig'liq turar edi. Yashin va terma jamoa haqidagi xotiralar aynan shu stadionda jonli tarzda bo'lib o'tdi. Hali video tayyor bo'lsin, hammasini ko'rasan, "Kesha".

Mashg'ulotni to'liqligcha syomka qilar ekanman, paralel ravishda Yuriy Pavlovichga taqib qo'ygan mitti mikrafonim yordamida mutaxassisning barcha ko'rsatmalarini ham yozdim. Bu bizning murabbiylarimiz uchun tayyor qo'llanma bo'lishi aniq.



- Yuriy Pavlovich, sizning barcha ko'rsatmalaringizni yozayapman. Buni O'zbekistonga olib borib murabbiylarga tarqataman.

- Xursandman, unda men sizlarga har bir harakat amalga oshirilganidan keyin nima uchun bu ishni qilayotganimni aytib turaman. Bizning davrimizda darvozabonlar murabbiyi bo'lmas edi. Kimning kuchli xislatini ko'rsak, o'rganishga harakat qilar edik. Mana shu shogirdim menga kelganida hech narsani bilmas edi. Oyog'ida zo'rg'a turar edi. Hozir ancha tetik, ikki yarim yillik mehnatning samarasi bu. Otasining bo'yini ko'ryapsizmi (1.94 sm), demak o'g'li ham shunga monand o'sadi, bu darvozabon uchun eng muhim ko'rsatgich. Akinfeev va Nesterovga aynan shu bo'y halal berdi TOP jamoalar safiga borib qo'shilishiga.
Mashg'ulot yakuniga etgach, "Dinamo"ning 2006 yilda tavallud topgan futbolchilari maydonga kirib kelishdi. Qizig'i, u erda darvozabonlar murabbiyi Lev Yashinning nabirasi ekan.

SHundan so'ng, Yuriy Pavlovich "CA" muzeyi uchun ikkita tarixiy eksponatni topshirdi. Biri  qahramonimizning dastxati tushirilgan qo'lqop bo'lsa, ikkinchisi  o'zining 1967 yili Uembli stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi o'yini tushirilgan video tasmasi edi. Naqd 40 daqiqa. Undan tashqari, Italiya bilan kkechgan o'yin ham bor ekan.



Angliya - Sobiq Ittifoq terma jamoasi - 2:2 (1:2)
O'rtoqlik uchrashuvi, 1967 yil 6 dekabr.
London. "Uembli" Stadioni. 90000 tomoshabin.
Bosh hakam: 
R. Kreytleyn (Germaniya).
Gollar: Boll (23), CHislenko (42, 44), Piters (72).
Angliya: G. Benks, Noulz, Sadler, Mur, Uilson, Myulleri, R.Bobbi. CHarlton, Piters, Boll, Xant, Xerst.
Bosh murabbiy - Alf Ramsey.
Sobiq ittifoq: Pshenichnikov, Anichkin, SHesternev (s), Xurcilava, Istomin, Voronin, CHislenko, Sabo, Banishevskiy, Strelcov, Malofeev.
Bosh murabbiy - M. Yakushin.

Uchrashuv xronoligiyasini o'qib chiqdingizmi? Mashhur Bobbi CHarltonga qarshi 90 000 muxlis ko'z ostida Uembli stadionida ajoyib o'yin ko'rsatgan Pshenichnikov bilan iliq xayrlashar ekanmiz, yaqin kunlarda albatta Toshkentga borishi va biz orqali millionlab hamyurtlarimizga o'zining salomini etkazishini so'radi.

Bugun bizni "CHerkizovo" stadionida "Spartak" - "Krilya Sovetov" uchrashuvi kutib turibdi. Demak, saytimizdan uzoqlashmang! Eng qiziq sarguzashtlar hali oldinda.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика