So’nggi yangiliklar

17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  1 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  5 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  12 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5

Mo'minjonov Abramov qilgan ishni qildi-mi? "Navbahor"ning bir yo'la uch futbolchisi so'nggi daqiqalarda qanday qilib sariq kartochka oldi? VIDEO Yangiliklar

Mo'minjonov Abramov qilgan ishni qildi-mi? "Navbahor"ning bir yo'la uch futbolchisi so'nggi daqiqalarda qanday qilib sariq kartochka oldi? VIDEO

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvining so'nggi 10 daqiqasida mezbonlar safida bir yo'la uch futbolchi bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.

81-daqiqada bu mavsum hisobida 3ta sariq kartochkasi bor bo'lgan Davron Hoshimov maydon markaziga yaqin joyda raqibni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

88-daqiqada Davron Hoshimovning tavsiyasi bilan Jahongir Mehmonov darvozabonning o'rniga to'pni kiritdi va bu ishni vaqtni cho'zib amalga oshirdi. Natijada bu mavsumda 7ta sariq kartochkasi bor bo'lgan Mehmonov ham bosh hakamdan ogohantirish oldi. 

90-daqiqada Oston O'runov raqib jarima to'pini amalga oshirayotganida unga qo'lidan kelganicha xalal berdi, hakam bunga ahamiyat bermadi. Keyingi daqiqalarda O'runov ikki bor raqib autdan to'pni o'yinga kiritayotganida unga xalal berdi. 90+3-daqiqada Oston O'runov o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasini vaqtni cho'zib amalga oshirdi. Hakam bu mavsumda 3ta sariq kartochkaga ega O'runovga ham ogohantirish ko'rsatdi. 

SHu tariqa, uchala futbolchi ham 22-turni o'tkazib yuborishadi. Birinchi bosqichning so'nggi turida "Navbahor" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. Namangan klubi yuqori oltilikda, "Qizilqum" esa pastki oltilikda bo'lishi aniq bo'lib ulgurgani uchun 22-turdan o'rin olgan uchrashuv ikkinchi bosqichda hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi. Yani bu o'yindagi ochkolar kuyib ketadi. 

Quyidagi videoni tomosha qiling va "Navbahor" futbolchilari qanday qilib sariq kartochka olishganini tomosha qiling. 

Bir vaqtlar Vadim Abramov O'zbekiston terma jamoasini boshqarganida o'z shogirdlariga atayin sariq kartochka olishni aytgan. FIFA buni sezib qolib o'sha futbolchilarni yana bitta o'yinga diskvalifikaciya qilgan edi. PFL bu vaziyatda "Navbahor"ni jazolaydimi yoki yo'qmi bu hozircha malum emas.


TAS-IX Emas


Reyting: -67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика