So’nggi yangiliklar

10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  0 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   0 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  5 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  3 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27

Mo'min Meliev va Farhod Bekmurotov “Qo'qon-1912”ga o'tdi. Muzaffarov jamoani tark etdi Yangiliklar

Mo'min Meliev va Farhod Bekmurotov “Qo'qon-1912”ga o'tdi. Muzaffarov jamoani tark etdi

Kelayotgan 2021 yilgi futbol mavsumida o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yishni niyat qilgan “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabi selekciya ishlarini qizg'in tarzda olib borishmoqda.

Jamoaning yarim himoya hamda hujum chiziqlarini kuchaytirish maqsadida o'tgan mavsumda o'z jamoalari tarkibida etakchilardan bo'lgan futbolchilar jamoamizga taklif qilinmoqda. SHunday futbolchilardan biri yakunlangan mavsumni “Mashal” tarkibida o'tkazgan hujumchi Mo'min Meliev kelgusi mavsumni Qo'qonda o'tkazishi hal bo'ldi.
Meliev “Mashal” jamoasini Pro-ligadan Superligaga chiqishida hamda o'tgan mavsumda Superliga o'yinlaridagi ishtirokida o'zining munosib hissasini qo'sha oldi.

SHuningdek “Andijon” jamoasining tayanch yarim himoyachisi, ko'plab bahslarda andijonliklarni sardor sifatida maydonga olib tushgan Farhod Bekmurotov ham kelgusi mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazadigan bo'ldi.

Bekmurotovning qanday futbolchi ekanligini “Andijon” jamoasi o'yinlarini kuzatib borgan muxlislar juda yaxshi bilishadi.

“Qo'qon-1912” jamoasini esa tajribali yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov tark etdi. Muzaffarov jamoa bilan do'stona xayrlashdi. Muzaffar Muzaffarovga Superliganing bir nechta klublaridan takliflar bor. Muzaffarovga jamoamiz bilan o'tkazgan mavsumi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz Muzaffarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика