Modrich "Tottenxem"ga qaytishga qarshi emas
29 okt 2022 18:59
Yangiliklar
Modrich "Tottenxem"ga qaytishga qarshi emas
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich "Real" bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmasa, Tumanli Albionga yo'l oladi.
"El Nacional"ning yozishicha, 37 yoshli futbolchi o'zi 2008 yildan 2012 yilgacha o'ynagan Londonning "Tottenxem" klubiga o'tishi mumkin.
Modrichda faoliyatini AQSHda davom ettirish imkoniyatlari bor edi, biroq u takliflarni rad etdi. Lukaga ko'proq APLga qaytish qiziq tuyulmoqda.
Xorvatiyalikning "qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. U 2012 yilning avgust oyidan beri Ispaniya grandi ranglarini himoya qilib kelyapti.
Luka joriy mavsum La Liganing 10 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar