Mirzohid G'ofurov: “Bizga g'alaba suv va havodek zarur edi”
31 avg 2022 00:39
Yangiliklar
Mirzohid G'ofurov: “Bizga g'alaba suv va havodek zarur edi”
Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Mirzohid G'ofurov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Qizilqum”ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Aslida bu yilgi chempionatda oson o'yinni o'zi bo'lmayapti. Bizga ham g'alaba suv va havodek juda zarur edi. SHuni hamma birdek his qilib harakat qildik va Xudoga shukrki, yakunda g'alaba qozondik.
Kiritilgan g'alaba xususida
- Mashg'ulotlarda astoydil ishlab murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajargan holda g'alabani qo'lga kiritdik.
Jamoaning asosiy maqsadi haqida
- Mavsumni iloji boricha yuqoriroqda yakunlashni maqsad qilganmiz. Xudo xohlasa, albatta bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Bunga butun jamoamiz bilan ishonamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar