So’nggi yangiliklar

23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  0 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   27 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  39 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  30 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  7 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  9

Mirjalol Qosimov: "Osiyo Kubogida sovrinli o'rinlardan birini egallashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Osiyo Kubogida sovrinli o'rinlardan birini egallashni maqsad qilganmiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Osiyo Kubogiga ketish oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV xodimlarining savollariga javob berib o'tdi.
"Avvalambor barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan barchalaringizni tabriklashni istardim. Yangi yil yurtdoshlarimizga omad olib kelsin. Yanvar oyidan bizni katta va jiddiy musobaqa kutib turibdi. Oldimizda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish vazifasi turibdi", - deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.

- Osiyo Kubogi oldidan tashkil etilgan yig'inlar qanday kechdi. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshimi?
- Hammasi reja asosida bo'ldi. Futbolchilar asta-sekin o'z jismoniy holatlarini yaxshilab borishdi. Yuklamalarni barchaga teng taqsimladik.

- Vagiz Galiulinning nega yig'inga chaqirilmagani xususida gapirib o'tsangiz?
- Vagiz Galiulin jamoasining so'nggi o'yinlarida maydonga tushmadi. Umuman olganda Vagiz juda yaxshi futbolchi. Ammo ayni paytda uning chizig'ida Sanjar Tursunov yaxshi harakat qilmoqda. SHuningdek, Server Jeparov kabi futbolchilardan uni ustun deb bilmayman.

- Yakuniy tarkibdan ko'ngliz to'qmi?
- Qachon ko'nglim to'q bo'ladi? Osiyo Kubogida yaxshi natijaga erishsak va muxlislar ishonchini oqlasak, ana o'shanda ko'nglim to'ldi deya olaman.

- BAAda tashkil etilgan yig'indagi o'rtoqlik uchrashuvlarida darvozamizdan bittagina gol o'tkazib yubordik. SHundan kelib chiqib himoya chizig'imizni yaxshi deya olasizmi?

- Himoyamizni ayni paytdagi holatini ideal darajada deya olmayman. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p va buning ustida ish olib boramiz.

- Terma jamoamizning hujumlarini samarali tugatishga nima etishmayapti?

- Hujumchilarimizga birozgina sovuqqonlik etishmayapti. Asosiysi, o'yinlarda etarlicha vaziyatlar yaratilmoqda. Ulardan unumli foydalanish ustida ko'p ishlash kerak.

- Iqlim bilan bog'lik muammolar yuzaga kelmaydimi?
- Avstraliya iqlimini internet orqali kuzatib bormoqdamiz. O'z vaqtida "Bunyodkor" bilan Avstraliyaga safar uyushtirgandik va bu borada biroz bo'lsada xabardormiz. Har qanday holatda ham ko'nikishga majburmiz.

- Jamoa oldiga aniq bir vazifa qo'yildimi?
- Asosiy maqsad va vazifamiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish. Avvalo bosqichma-bosqich kerakli natijalarga erishib borishni istaymiz. Xalqimiz duoda bo'lsa, umid qilamanki ko'zlagan maqsadlarga erishamiz.

Server Jeparov: Tayyorgarliklar juda yaxshi maromda kechdi. Bir necha o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdik. Umuman hammasi yaxshi ketmoqda. Biz Osiyo kubogiga tayyormiz deya olamiz. Yigitlarning kayfiyati alo darajada.

- Terma jamoa safidagi Sardor Rashidov, SHuhrat Muhammadiev va Jamshid Iskandarov kabi iqtidorli yoshlar xususida fikringiz?
- O'zbekistonda har doim istedodli va iqtidor yoshlar etishib chiqishadi. Mashg'ulotlarda ular ham barcha qatori ter to'kishmoqda. Hammamiz bir jamoaga aylanganmiz. O'z ustida ishlashda davom etishsa, kelajakda kuchli futbolchi bo'lib etishishlariga shubha yo'q. Asosiysi mehnatdan qochmaslik kerak.

Timur Kapadze: "Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Umid qilamizki, Osiyo kubogidagi musobaqada muxlislarimizni xursand etamiz"

Sanjar Tursunov: Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashishni o'z oldimizda maqsad qilganmiz. O'ylaymanki, muxlislarimizni uyaltirib qo'ymaymiz.


SHahboz Beg'amov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика