So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Mirjalol Qosimovning taklifidan so'ng o'ylab o'tirmay AGMKga o'tdim" - Anzur Ismoilov Yangiliklar

"Mirjalol Qosimovning taklifidan so'ng o'ylab o'tirmay AGMKga o'tdim" - Anzur Ismoilov

AGMK yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.

Bugungi mashg'ulot Belekdagi "Calista sport center" maydonida olib borildi. Biz esa mashqlar yakuniga etgach jamoaning yangi futbolchisi Anzur Ismoilovning fikrlariga quloq tutdik. 

Himoyachi "Paxtakor"dan ketishi va nima uchun AGMKni tanlagani haqida dastlab quyidagicha fikr bildirdi.

 - "Paxtakor" tarkibni yoshartirmoqda. Bir tomondan ularni ham to'g'ri tushunish mumkin. SHu pallada AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov taklif bilan chiqdilar. Ular jamoaga kerak ekanligimni aytdilar. SHuning uchun o'ylamasdan bu jamoani tanladim. 

Anzur Ismoilov bilan qisqa suhbat jarayonida bevosita xorijda olib borilayotgan yig'in haqida ham so'radik. Uning fikricha yangi futbolchilar o'zaro chiqishib olishi uchun ham bunday yig'inlar foydali. 

- Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarini asosiy qismini xorijda o'tkazmoqdamiz. Bundan avval Dubayda "Jabel Ali" sport majmuasida shug'ullandik. O'rtoqlik uchrashuvida maydonga ishtirok etdik. Mana shunday yig'inlar orqali bir-birimizni yaxshi bilib olishimiz talab qilinadi. Qaysidir manoda biz uchun bir imkoniyat desam ham noto'g'ri bo'lmaydi. SHu jihatdan ham foydasi bor. Yana bir tomoni bunda bir nechta xorij jamoalari bilan o'ynaymiz. Qanchalik kuchli raqiblar bilan o'ynasak, chempionatda shuncha oson kechadi. 

Intervyu yakunida tajribali to'p tepar yosh futbolchilarga va endi etishib chiqayotgan himoya chizig'i vakillariga maslahatlarini berib o'tdi. 

- Mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanish shart. Bunga yuzaki yondashish noto'g'ri. To'xtamasdan  ustilarida ishlashlari kerak. Men ham o'z vaqtida Asror Aliqulov, Baxtiyor Ashurmatov, Xayrulla Karimov kabi tajribali futbolchilardan ko'p narsa o'rganganman. Bugungi yosh futbolchilar o'zlaridan kattalardan o'rnak olishsa o'sishga erishishadi.

Abdulaziz  Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика