So’nggi yangiliklar

03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  1 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  6 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   1 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  52 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  38 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  5 23:00Иван Бошкович: "Футболда барчаси ҳар доим сиз истагандек бўлавермайди"  5 22:55Ҳаким Фузайлов: "Мухлисларимизни 15 йил кутилган ғалаба билан табриклайман"  3 22:31Анвар Бердиев: "Хоразм" дарвозабони жуда яхши ўйнади"  5 22:15Ла Лига. "Реал" ўз уйида ғалаба қозониб, очколар бўйича "Барселона"га етиб олди  23 21:55Суперлига. Амалдаги чемпион мавсумни ғалаба билан бошлади  31 21:33"Реал" ёзда Родригони сотмайди - уни муҳим ўйинларда асосий футболчи сифатида кўришмоқда. Вингерга "Ман Сити" ва Саудия Арабистони клубларидан қизиқиш бор  2

Mirjalol Qosimov: "O'yin sifati haqida gapirishga hali erta" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'yin sifati haqida gapirishga hali erta"

Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchani muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Shuningdek, barcha ayollarimizni ertangi 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Chempionatning birinchi bahsi har doim qiyin kechadi va hissiyotlarga boy bo'ladi. Mavsumni boshlash oson emas. Bugun ikki jamoa ham imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Shiddatli, tezkor, hujumkor va jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Omad bizga kulib boqdi va biz gol ura oldik. Hozir o'yin sifatiga baho berish noto'g'ri, aniqrog'i hali erta. Ikki jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.

- Bugun "Buxoro" OKMKga qanchalik munosib qarshilik ko'rsata oldi deb o'ylaysiz? So'nggi daqiqadagi gol va yakuniy hisob bugungi o'yin uchun qanchalik adolatli natija bo'ldi?

- Men "Buxoro" yomon o'ynadi deganim yo'q. Ikki jamoa ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi. O'zimning jamoam ham hozirgi holatdan kelib chiqib yomon o'yin ko'rsatmadi. Endi so'nggi vaziyatga to'xtalsak, hali vaziyat takrorini ko'rganim yo'q. Mening fikrimcha, himoyachi to'pga birinchi bo'lib egalik qilish maqsadida edi, ammo to'pga eta olmadi. Vaziyat qanchalik adolatli bo'ldi, bilmayman. Hozir bir narsa deyish qiyin. Barcha xato qilishi mumkin, balki o'sha vaziyatda xato bo'lmagandir. Hozircha esa jamoam g'alaba qozonganidan xursandman.

- OKMK yangi mavsum oldidan asosiy tarkibining o'zagini saqlab qoldi. Bir nechta yosh futbolchilar va legionerlar bilan bitim imzolandi. OKMKda yig'ilgan tarkibdan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda? Jamoa Superligada o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Maqsadimiz har doimgidek eng yuqori. Futbolda ikki jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan maydonga tushadi. Qaysidir jamoa 15ta futbolchi bilan o'ynay olmadi. Yigitlarga bo'lgan talablarim maksimal. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak, natija esa o'zi keladi. Bosh murabbiy har doim o'z jamoasida eng yaxshi futbolchilarni ko'rishni istaydi. Jamoada yangilanish bo'lishi tabiiy, kimdir jarohat olgan. Hozirgina kiyinish xonasida futbolchilarga tezroq tiklanib olishimiz kerakligini aytdim. Aprel va May oylarida 6ta o'yinda ishtirok etamiz. Hozirgi kunda shu tarkibdan foydalana olamiz va ushbu tarkib imkon qadar foyda keltirishini istayman.

- Janubiy Sudanlik futbolchi Ajak Riak bugun OKMK safidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. Hujumchining bugungi o'yiniga qanday baho berasiz. Uning o'rniga maydonga tushgan Ali Abdurahmonov yakunda g'alaba golini kiritdi...

- Qaysidir futbolchini maqtab, boshqasini erga urmayman. Bu bir jamoa. Riak bor-yo'g'i bir hafta oldin jamoa safiga kelib qo'shildi. U jamoa yig'inlarida ishtirok eta olmadi. Umid qilamanki, barcha xarid qilgan futbolchilarimiz jamoaga ko'p foyda keltirishadi. 



Reyting: +2   

Fikrlar

+5   
08 mar 09:42:03
Islombek
Barchasi uchun xakamlarga raxmat degan joyini yozilmadimi
+4   
08 mar 06:09:32
1994 Nurafshon
Хар доимгидек хакамлар ердамида ютиш Косимов жамоасига ярашаверади яшанг Косимов давр сизники.
+3   
08 mar 13:27:02
Ózga sayyoralik
Har mavsum aytiladigan gaplar:

Mavsum boshi - hali endi mavsum boshlandi yuqori formada emasmiz,
Mavsum õrtasi - hali endi mavsum õrtasiga keldik yuqori formaga endi kiramiz ham ob-havo juda issiq bõlib turibdi,
Mavsum oxiri - yilning sõnggi õyinlarini õtkazyabmiz shuning uchun bollarda charchoq alomatlari bor...


Xullas bizning futbolda BAHONALAR kõp!
+2   
08 mar 01:21:05
Mister Sultan
Мавсумдаги илк ғалаба муборак ОКМК ва Олмалиқ мухлислари! Ғалабаларимиз бардавом ва давомли бўлсин! Жамоа аъзолари ва мураббийлар штабига ташаккур изхор қиламан! Чемпионлик сари олға ОКМК!
+2   
07 mar 23:45:29
SHohjahonErgashev
Buxoro jamoasidan golni kim urganini yozmapsizlar.
+1   
08 mar 01:18:09
Grand Grand
ОКМК футболчисига кизил бериши керак эди Миржалол ака битта таркиьбни шакллантиролмайсизми тухтахужаев билан Сардор Рахмонов марказий химояга куйсангиз химоя тешик тогара буларкан
   
08 mar 07:03:35
Музаффар Махмудов
Апрел ва майда 6 та ўйинми. Европада 2 ҳафтада шунча ўйин ўйнашяптию
   
08 mar 01:33:17
rustam
Mirjalol, siz muqaddas Ramazon bayramida gunoh qildingiz! Kechirasiz! Siz sudyani juda qizdirdingiz u ko'r bo'lib qoldi sizning "yapon" qo'pol o'ynaganida, uni olib tashlash kerak edi ammo sizning sotib olgan sudyangiz vijdonini yopdi ! Siz shunchalik ahmoqsizki , buxorolik futbolchining orqa tomonidagi surish haqida halol izoh bera olmaysiz. Бас, аллоҳ таоло бошқа бошқа бошқа бўлди.
   
08 mar 01:02:33
Nodirbek Axmedov
"Шунақа" ғалабалврни кўпини кўриб юраверинг Миржалол ака. Сиздан кўпчилик ўзбек хакамлари зайиқигади яъни қўрқишади, аммо яратгандан қўрқишмайди. Изоҳ ёзмайман тушинтб олдиз ўзиз...
   
08 mar 00:35:23
rustam
Миржалол, ты в день священного праздника РАМАДАН взял грех! Нет тебе прощения! Вы судью так подогрели что он ослеп когда твой "японец" грубо играл, его нужно было удалить но ваш купленный судья закрыл свою совесть ! Ты настолько глупый , что не можешь честно прокоментировать толчек в спину Бухарского игрока. Дай аллах справедливость дисквалифицировали продажного судью -НАВЕЧНО!
   
08 mar 00:12:46
Alisher Sharipov
Nima,kerak Sudyaga rahmat Hakamlik qilolmasalariz ketinglada
   
08 mar 00:04:51
Барса1970
Чой ичиб ўйнайдиган футбол
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика