So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Mirjalol Qosimov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga nomzod Yangiliklar

Mirjalol Qosimov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga nomzod

Kuni kecha O'FF vakillari va oliy liganing ayrim murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgan.

Unda O'FF vakillari liga murabbiylaridan terma jamoaga nomzod futbolchilar borasida suhbat olib borganlar. Har bir murabbiy legionerlarni qo'shib o'z tarkiblarini taqdim etishlari kerak bo'lgan.

Ayni paytda terma jamoamizga xorijdan murabbiy izlanmoqda. Katta ehtimol bilan u topilgan va shartnoma borasida muzokara ketayotgan bo'lishi kerak.

Eng so'nggi malumotlarga ko'ra Mirjalol Qosimovga olimpiya terma jamoasi topshirilishi mumkin. "Bunyodkor" esa olimpiya terma jamoasining bazasi sifatida shakllantiriladi.

Tokio-2020da Olimpiya terma jamoasining ishtirok etishini taminlash yo'lida PFLga 2018 yilgi mavsumda har bir oliy liga jamoasi safida 1997 yilda tavallud topgan futbolchi (21 yosh) tushishi shart qilib qo'yilishi hakida takliflar berilayapti. Mazkur taklifni saytimiz ham bir necha marotaba maqola ko'rinishida berib borgan.

SHuningdek, kuni kecha CHig'atoy o'quv yig'in mashg'ulotlari bazasida faoliyat yuritgan guruh azolari o'z vazifasidan ozod etilgan. CHig'atoy bazasi ham yangidan rekonstrukciya qilinish uchun yopilish ehtimoli mavjud.

Eslatib o'tamiz, uzoq tanaffusdan so'ng 2008 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasini Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli to'p tepishi va final yo'llanmasini qo'lga kiritishida, 18-19 yoshli futbolchilarni "SHayxontoxur" klubi safida birinchi ligada ishtirok etgani foyda bergan edi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика