So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Mirjalol Qosimov: "Kelinglar, pashshadan fil yasamaylik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Kelinglar, pashshadan fil yasamaylik"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Yarim finalni maqsad qilgandik va bunga erishdik. O'yin jangovor ruhda o'tdi. Bu taklif sifatida, maydon sifatini yaxshilash kerak. Bu maydon futbolning tezligini yo'qotadi. "Andijon" bejizga Pro-ligada birinchi o'rinda emas, jamoaning kuchi Superligada o'ynashga ham etadi. Viktor Kumikovni bilaman, murabbiy sifatida qo'lida tahsil olganman. Jamoada bo'ydor futbolchilar yig'ilgan va asosiy urg'u standart vaziyatlarga qaratilmoqda. Agar bugun Alisherni maydonga tushirganimda Bogdan Milich ikki barobar katta bo'lardi. 

- Pro-liga va Superliga o'rtasidagi farqni sezdingizmi?

- Farqi sezilmadi. O'zi vodiyda o'ynash oson emas. Aytib o'tdim, jamoa bejizga Pro-ligada birinchi o'rinda emas. Keyingi o'yinlarda omad tilayman. Agar maydon sifati to'g'rilansa, bu erda ham muxlislar tezkor futbol ko'rishadi.

- Jamoangiz o'yinning qaysidir qismida sarosimaga tushgandek ko'rindi...

- Yo'q, nega bu sarosima emas. "Andijon" ko'proq yuqoridan yo'llangan uzatmalarga tayanib o'ynadi. Erlatib o'ynashga maydon sifati javob bermasdi. Bu futbol, kimdir yutadi, yana kimdir esa yutqazadi. Qo'rqsa, maydonga chiqish kerakmas.

- Sanjar Tursunovning nojo'ya harakatini qanday baholaysiz?

- U bilan hammasi normal xolatda. Kelinglar, shu xolatni noto'g'ri tasavvurga olib bormaylik. Masalan, sizni so'ksa nima deysiz? U uyat dedi xolos. Kelinglar, pashshadan fil yasamaylik. Biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Agar yomon ish bo'lganida o'zim muxlislardan uzr so'ragan bo'lardim.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика