So’nggi yangiliklar

15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  2 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi golni urganimizda savollarga o'rin qolmasdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi golni urganimizda savollarga o'rin qolmasdi"

Coca Cola Superliganing 15-turi doirasidagi "Bunyodkor" - OKMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.



- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limning boshida sust o'yin ko'rsatdik. Bo'limning keyingi qismlarida munosib harakat qildik. Ikkinchi bo'limda ham golga qadar bo'lgan vaziyatlarda yaxshi harakat qildik. Gol kiritdik, yana bitta gol etishmadi. Imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. O'sha vaziyatlardan foydalanganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. Umuman olganda, do'stlik g'alaba qozondi. Bunaqasi ham bo'lib turadi. Aytganimdek, ikkichi gol etishmadi.

- Hujum borasida o'zbek klublarining barchasida muammolar bor. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- 1000% qo'shilaman. Statistikaga nazar solsak ham birorta o'zbek futbolchisi ko'rinmaydi. 

- Hujum chizig'i bo'yicha bugungi tanlagan qaroringiz haqida gapirsangiz...

- Bizda dizbalans borligini o'tkan safar aytgandim. Martin o'yinlarni o'tkazib yubordi, Siya ham biroz betob bo'lib qoldi. Ruben jarohatda bo'ldi, Gadoevda ham muammo bo'ldi. Biroz vaqt kerak bo'ladi. Men esa o'zimda bor o'yinchilardan foydalanaman. Ikkinchi golni urmaganimiz uchun qiyin ahvolga tushdik. O'sha golni urish kerak edi. Bazi vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi, qaysidir vaziyatlarda juda ko'p o'ylab yuborish kuzatildi. Gol urganimizda savollar qolmasdi. O'zimni oqlash niyatim yo'q. O'zimiz aybdormiz.

- Transfer oynasi yopildi. Jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilardan ko'nglingiz to'ldimi? Islom To'xtaxo'jaev va Sardor Mirzaev qachon maydonga tushishadi?

- Menimcha, yigitlar foyda berishadi. Albatta, legionerlarni ham taklif qilishimiz mumkin edi. SHunchaki, tavakkal qilishni istamadik. Sardor va Islomni yaxshi bilaman. SHunchaki, ularda jarohat bor edi va etarli o'yin amaliyoti yo'q edi. Menimcha, yil oxiriga qadar bu ikki futbolchi klubga moslashib olib, jamoa g'alabalariga o'z hissalarini qo'shishadi.

- OKMK ko'p ochko yo'qotayotgani sizni xavotirga solmayaptimi? Taqvimga nazar solsak, oson jamoalar qolmadi...

- Qaysi jamoalar oson? Hamma jamoalarning darajasi ko'tarilgan. Har bir o'yin juda shiddatli o'tmoqda. Futbol shunisi bilan qiziq. Oson, o'tkinchi o'yinlar qolmadi. Jadval juda zich. Yozning oxiri va kuz faslida juda qiziqarli o'yinlar bizni kutmoqda.

- OCHL saralash o'yini haqida fikringiz qanday? Raqibni o'rganishni boshladingizmi?

- Yo'q, o'yinlar orasida bunday qilmayman. Bu yaxshilikka olib bormaydi. Oldimizda "Olimpik"ka qarshi o'yin bor. Men hech qachon boshqa raqibga qarshi o'yin oldidan umuman boshqa jamoaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика