So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Mirjalol Qosimov: "Bavariya"ning o'rtacha yoshi katta bo'lsa ham yirik hisoblarda yutib yuribdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bavariya"ning o'rtacha yoshi katta bo'lsa ham yirik hisoblarda yutib yuribdi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida
Bugungi o'yin har ikkala jamoa uchun juda muhim edi. Oxirgi paytlarda ushbi ikki klub o'rtasida juda ham qiziqarli bahslar guvohiga aylanyapmiz. O'yinni yomon boshlamadik, lekin birinchi bo'limning ikkinchi qismida o'yin tizginini boy berib qo'ydik. Bu orqali o'z darvozamizdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldik.

Ikkinchi bo'limda yigitlar o'zlarini ko'rsatishdi va raqib jamoa xatolaridan to'g'ri foydalanishdi. Har ikki jamoa darvozabonlari qandaydir ishonchsiz harakatlanishdi. Hisob 2:2 bo'lib turganida bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik, oxir-oqibat Jasur Umarovning urgan goli bizga g'alaba keltirdi. Qolaversa, maydon sifati yaxshi holatda emas va bu qiyinchilik tug'dirdi. G'alabadan xursandmiz. Futbolchilar va muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Statistika bo'yicha AGMK jamoasi tarkibi eng yoshi katta futbolchilardan iborat. Jamoani yoshlar bilan kuchaytirish va selekciya ishlarini amalga oshirish rejada bormi?

- Albatta, kuzatib boryapmiz. Qolaversa, o'zimizni yoshlardan jalb qilamiz. Faqat muammo - yaxshi o'yinchilarni topishda. "Bavariya"ni ko'ryapsizlar, jamoaning o'rtacha yoshi katta bo'lsa ham yirik hisoblarda yutib yuribdi. CHunki ularda o'z tarixi, akademiyasi, maktabi bor.

- Maydonda ko'pincha qiyinchilikka uchraydigan SHahzodbek Nurmatovni qaysi kriteriyalar bo'yicha o'yinga tushirasiz?

- Kimga oson? Kel, seni o'ynatib ko'ramiz, ko'p savol berganingga. Albatta, hazil (kuladi). U bugun zaxiradan maydonga tushib, yomon taassurot qoldirmadi. Mate ham yaxshi o'ynadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика