So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Mirjalol Qosimov: "Avvaliga o'zimizga o'zimiz muammo yaratdik va.." Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Avvaliga o'zimizga o'zimiz muammo yaratdik va.."

OCHL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

Mirjalol Qosimov: - To'g'risini aytsam, juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Ruslarda bir gap borku: "Avval o'zimizga muammo yaratamiz va keyin uni qahramonlarcha to'g'rilaymiz". Bugun ham shunga o'xshash holat kuzatildi. Futbolchilardan minnatdorman. Ular barcha ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi va uchrashuv borishida turli xil holatlarda o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Raqib haqida ham iliq fikrlarni bildirish mumkin. Bu jamoa muntazam OFK kubogida o'ynaydi va futbolchilarida xalqaro tajriba etarlicha. Bizda esa Dubaydagi yig'inda ham hali to'liq bir jamoa to'planmagandi. SHunga qaramay futbolchilar qisqa vaqt ichida bir jamoaga aylanib, dastlabki o'yinda yaxshi harakat qilishdi.

O'yinga burilish yasagan zaxira? Ochig'i, hisob 2:1ga o'zgargach ikkita hujumchi orqali vaziyatni yaxshilashga qaror qildim. Nima dedim?  Bu orqali raqib himoyasiga bosimni kuchaytirib, ularni izdan chiqarishni ko'zlagandik. Maydonga tushgan futbolchilar ko'rsatmalarni alo darajada uddalashdi. Ko'proq hujumga o'tish va ikkinchi qavatda imkoniyatni izlashni takidlagandim. Yuqori bosim natijasida o'ylangan natijaga erishganimizdan xursandman.

Kelasi uchrashuvgacha vaqt kam. Ammo ertaga mazkur o'yinni chuqur tahlil qilib, qaerda nimalarda xato qilganimizni muhokama qilamiz va shundan so'ng xulosa chiqaramiz.

Fevral oyi bo'lgani tufayli hech bir futbolchining jismoniy holati 100% bo'lmaydi. Futbolchilar o'yindan-o'yinga o'z formalarini tiklab borishadi.

O'tkazib yuborilgan gollarda kim aybdor? To'g'risi, himoya yoki darvozabon gardaniga og'darmagan bo'lardim. Bu erda butun jamoa konsentraciyani yo'qotgani qimmatga tushdi. Bunday bahslarda tezkor gol o'tkazib yuborish yaramaydi. Ammo shunga qaramasdan jamoa o'zida kuch topa oldi.

Legionerlar? Kostich balki kelasi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Ammo bu hali nomalum. Marko Zochevich esa jarohat olgan va u o'yinni o'tkazib yuboradi. Sanat SHixovni jarohat bezovta qilgani uchun almashtirdik. Endi uning holati bilan tanishamiz.

Jasur Hasanov ko'plab xalqaro musobaqalarda o'ynagan va bu borada etarlicha tajribaga ega. Bugun u maydonda haqiqiy etakchiga aylandi va jamoani o'z ortidan ergashtira oldi. AGMKdagi ko'plab futbolchilar uchun mazkur o'yin ilk xalqaro uchrashuvga aylandi. Lekin ular qiyin pallada taktik jihatdan nihoyatda aqlli o'ynashdi.


Golni bosh yoki oyoq bilan urishning farqi yo'q. Muhimi, gol urish. Muxlislar ham stadionga gol ko'rish uchun kelishadi. Uni oyoq bilan uradimi yoki bosh bilan ahamiyati yo'q. Menga ham shunday. Menga oyoq bilan gol urmaganimizdan ko'ra, ko'p gollarni urganimiz yoqdi. Bosh bilan gol urish ham bir sanat aslida.

Kelasi bahsda ham asosiy urg'uni taktik o'yinga qaratamiz. Boshqa iloji yo'q. O'yinga qadar juda oz vaqt qolgan. Va jamoa endigina yig'ildi. Hozircha faqat taktik o'yin orqali natijaga erishish mumkin. Futbolchilar esa aynan taktik ko'rsatmalarni to'liq bajara olishlarini bugun isbotlashdi. 

G'alaba bilan barcha o'zbek futboli muxlislarini tabriklayman.

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика