So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  6 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Mirjalol Qosimov: "Agar "Lokomotiv" o'z vaziyatlaridan foydalanib ketganida, hisob oyog'i osmondan bo'lib ketishi mumkin edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Agar "Lokomotiv" o'z vaziyatlaridan foydalanib ketganida, hisob oyog'i osmondan bo'lib ketishi mumkin edi"

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan OKMK – "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi


- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ochiq o'yin ko'rdik. "Lokomotiv" Pro ligada o'ynashiga qaramasdan, kuchli o'yin ko'rsatdi. Ularda istedodli futbolchilar yig'ilgan. Kubok boshqacha turnir. Bir soniyaga g'alaba qozondim deb o'ylaydigan bo'lsang, g'alabani qo'ldan chiqarib yuborish mumkin. "Paxtakor" ham Samarqandda mag'lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi. Bizda ham shunga o'xshash vaziyat bo'lishi mumkin edi. Eng kerakligi bir qadam oldinga tashladik. Avvalroq, jamoamizda disbalans borligi haqida aytdandim. Jarohatlar va hakazo. "Bunyodkor"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Bu uchrashuvga qarshi bor kuchimiz bilan tayyorlanamiz. 

- Kubok uchrashuvlarida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Bunga nima sabab bo'lmoqda deb o'ylaysiz?

- Oson o'yinning o'zi yo'q. Oldinlari 4-5 jamoa yuqorida bo'lardi. 3-4 quyida jon saqlash uchun harakat qilardi. Hozirda esa barcha jamoalar harakat qilishmoqda, oson bo'lmayapti. Ha, xato hammada bo'ladi. Eng keraklisi, o'yinlar kurashga boy bo'lmoqda.  Kurash bo'lgandan keyin, ishqalanish bo'ladi, ishqalanish bo'lgandan keyin uchqun chiqadi. Uchqun chiqqandan so'ng qorin to'yadi. 

- Birinchi bo'limda ikkila jamoa pas o'ynashga harakat qildi. Biroq, maydon sifati bunga yo'l qo'ymadi. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq havodan uzatilgan to'plarni ko'rdik. Bu chim sifati bilan bog'liqmidi?

- Yo'q, bu maydon sifatidan emas. Menimcha, birinchi bo'limda havo dim edi. Qolaversa, "Lokomotiv" birinchi bo'limda tezkor hujumlar tashkil qildi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. O'yinchilar piyoda yurdi deb bo'lmaydi. Etarli temp bor edi. "Lokomotiv" Pro ligada harakat qilishiga qaramay, yaxshi futbolchilarga ega. Agar "Lokomotiv" o'z vaziyatlaridan foydalanib ketganida, hisob oyog'i osmondan bo'lib ketishi mumkin edi. Ikki to'p farqi bilan mag'lub bo'layotgan jamoa o'yinni tashlab yuborishi ham mumkin. "Lokomotiv" esa unday qilmadi, oxirgacha kurashdi. Bunga qoyil qolish kerak. O'zi asl maqsad kurashish emasmi? Buyog'iga faqat qiyin o'yinlar kutib turibdi.

- OKMKning chorak finaldagi raqibi kim bo'ladi?

- Quradan keyin bilamiz. Men hech qachon bashorat bermaganman, bermayman ham. Bunga harakat ham qilmanglar.

- "Paxtakor"ni kecha kubokdan chiqib ketishi OKMKga qo'shimcha motivaciya beradimi?

- Ularni qozoni boshqa, bizniki boshqa. Bu o'yin o'tib bo'ldi. Endi 6 avgustdagi uchrashuvga bor etiborimizni qaratamiz. 

- O'zbek futbolidagi selekciya jarayoni va skautlikka fikringiz qanday? Bazi jamoalar shunchaki videoni ko'rib ham legioner olib kelishmoqda, boshqa jamoalar esa borib, ko'rib futbolchi tanlashmoqda...

- Bazi fors major holatlarda o'zim ham video orqali futbolchi olishga majbur bo'lganman. Eng yomon ko'rgan holatlarimdan biri bu. Inson eyotgan narsasini ko'rib eyishi kerak ekan.

- Avgust oyida jamoaning taqvimi juda tig'iz. Bugun ham jamoaning asosiy tarkibi maydonga tushdi. Bu jismonan ortiqcha yuklama bermaydimi?

- Bu aksincha juda foydali. Yuqorida takidlaganimdek, bizda hozir disbalans bor, yani bazi futbolchilar formada, bazilari esa yo'q. Jarohatlar ham, shamollash ham bor. Taqvim esa bu holatni o'z iziga tushirishga yordam beradi. Bu futbolchilarning o'zlari yoqtirgan kasblari.

- G'alaba qozongan bo'lsangiz ham jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?

- Hech qachon bunday bo'lmaydi. Agar inson istasa, mukammal narsadan ham ayb topa oladi. Lekin, o'tgan o'yinga qaraganda jamoa harakati ancha yaxshilashgan. Biz yanada tezlashishimiz, formamizni tiklashimiz kerak. Biroq, har bir o'yin yangi taassurotlar bera boshlaydi. Jahon chempioni bo'lsanggina, muammolarga etibor bermasa bo'ladi. CHempionatni yutsang ham shunday bo'lishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика