So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  8 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Mirjahon Mirahmadov: “Mashal“ni hurmat qilamiz. Lekin, g'alaba uchun maydonga chiqamiz” Yangiliklar

Mirjahon Mirahmadov: “Mashal“ni hurmat qilamiz. Lekin, g'alaba uchun maydonga chiqamiz”

“Bunyodkor” jamoasi Superliganing ikkinchi turiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Vadim Abramov shogirdlari bugun noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan mashg'ulotlarni tabiiy qoplamali maydonda o'tkazishdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni astoydil bajarishdi. Garchi yomg'ir yog'ib maydon holatiga biroz salbiy tasir qilgan bo'lsada, futbolchilar to'p bilan ishlashdi. Turli taktik uslublar va chizmalar sinovdan o'tkazildi. 

Legionerlardan turkmanistonlik Selim Nurmuradov jarohatini tiklash bilan band. Tojikistonli Davronjon Ergashev mashg'ulotlarda o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qilmoqda. Darvozabonlar bilan doimgidek Abdusattor Rahimov alohida ish olib bordi. 

Biz esa yakunda iqtidorli hujumchi Mirjahon Mirahmadovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Bo'lajak bahsga taraddud ko'ngildagidek ketmoqda. Jamoada kayfiyat alo darajada. Mana, bugungi mashg'ulot ham quvnoq kayfiyatda o'tdi. “Mashal” bilan bellashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. “Surxon” bilan o'yindagi g'alaba tarixda qoldi. Endilikda navbatdagi uchrashuvga jiddiy qarayapmiz. Zero, raqibimizni kuchsiz demagan bo'lardim. Ularga to'g'ri munosabatda bo'lgan holda to'p tepamiz. Ularni hurmat qilamiz. Joriy yil hisobidan birinchi uy bahsida uch ochkoni o'zimizniki qilmoqchimiz. Bizning maqsadimiz doim yuqori bo'lib kelgan. Demak, har bir turda maksimal ochko jamg'arishga harakat qilamiz. Muxlislardan stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolaman”, - dedi Mirahmadov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика