So’nggi yangiliklar

23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  0 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  43 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0

Mirabror Usmonov Navbahor futbol klubi rahbariyatini qabul qildi Yangiliklar

Mirabror Usmonov Navbahor futbol klubi rahbariyatini qabul qildi

O'zbekiston futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov 30 iyun kuni Navbahor futbol klubi rahbariyati qabul qildi.
O'FF Prezidenti qabulida bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zPFL bosh direktori F.Magametov, KITO internacional (Singapur) kompaniyasi vakili sifatida F.Sirojiddinov, Namangan viloyat futbol federaciyasi 1-vice-prezidenti B.Xolmirzaev, Navbahor futbol klubi prezidenti T.Dadaboev, Navbahor futbol klubi vice-prezidenti R.Nizambaev, Navbahor futbol klubi ijrochi direktori G.Ismailov, Navbahor jamoasi bosh murabbiyi B.Ashurmatov, O'zbekiston futbolni qo'llab-quvvatlash jamoat fondi Namangan viloyati bo'limi direktori M.Alixanov va klubning boshqa mutasaddilari ishtirok etishdi

Yig'ilish kun tartibidan Navbahor futbol klubiga xorijdan homiy biriktirish va klub moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash masalalari o'rin oldi. Yig'ilishga O'zbekiston futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov raislik qildi.

O'FF Prezidenti klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolarni echishda birinchi navbatda murabbiy va futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni bartaraf etishga ahamiyat qaratish kerakligini takidladi: Klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolarni bartaraf etilishida Singapurning KITO Internacional kompaniyasi tomonidan homiylik mablag'lari ajratiladi. Bunga javoban Navbahor jamoasi mamlakat chempionatining ikkinchi davrasini munosib tarzda o'tkazib, homiylar ishonchini oqlashi talab etiladi. Ana shundagina ikki tomonlamali hamkorlik muvaffaqiyatli tarzda davom etadi, - deya takidladi O'FF Prezidenti.

Kun tartibidan o'rin olgan ikkinchi masala borasida so'z yuritgan M.Usmonov Navbahor futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Namangan shahrida joylashgan Sport mehmonxonasi va Navbahor zaxira maydonini klub balansiga o'tkazib berishni taklif qildi. Ayni paytda ushbu inshootlarni tamirga muhtojligini aytib, ularni to'liq qayta tamirlash yuzasidan xarajatlar loyiha smetasini ishlab chiqish hamda ushbu obektlarni qayta tamirlash ishlarini olib boruvchi qurilish tashkiloti haqida 10 iyulgacha O'FFga to'liq malumot berish vazifasini klub prezidenti T.Dadabaev zimmasiga yukladi. SHu bilan birgalikda tamirlash ishlarni 2015 yilning 1 yanvariga qadar yakunlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ham alohida takidlandi.

Yig'ilish yakunida O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov klub rahbariyati oldiga ikkinchi davra boshlangunga kadar murabbiy va futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni to'liq tugatish vazifasini qo'ydi.

Navbahor klub prezidenti T.Dadaboev jamoa azolari va muxlislar nomidan ko'rsatilayotgan amaliy yordam uchun O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga va jamoaning yangi homiysi vakili F.Sirojiddinovlarga minnatdorchilik bildirdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика