So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Minskda Odil Ahmedov derbisi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Minskda Odil Ahmedov derbisi bo'lib o'tadi

Teglar :  Odil Axmedov
Xabaringiz bor, bugunga kelib Belarus poytaxti Minsk juda ko'plab o'smirlar o'rtasida musobaqalar tashkil qilib kelayapti. SHunday turnirlardan biri ayni paytda 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida davom etayapti.

Qizig'i shundaki, «Milan», «Krasnodar», «Rostov», «Konopleva akademiyasi», «Torpedo», «Lokomotiv» (Moskva) va «Paxtakor» kabi klublar qatorida, «Odil Ahmedov FA» ham ishtirok etayapti. Musobakada jami 36ta klub ishtirok etdi. 

Bugun musobaqaning yarim finalchilari nomi malum bo'ldi. 

Quvonarlisi shundaki, unda Odil Ahmedovning sobiq jamoasi uning akademiyasiga qarshi maydonga chiqadi. 

1/2 final. 7 fevral.
«Milan» - «Rostov»
«Krasnodar» - «Odil Ahmedov FA»


Etiborlisi shundaki, Rossiyaning top akademiyalaridan biri bo'lgan "Krasnodar" jamoasining selekciya bo'limi tomonidan "FA Odil Ahmedov"ga turnir davomida jiddiy qiziqish bo'ldi.

Vasilchenko Vitaliy (akademiyaning sport direktorining birinchi o'rinbosari) ning taklifi bilan 2006-2008 yillarda tavallud topgan jamoalarimizning eng yaxshi futbolchilari ko'rikdan o'tish uchun kuz faslida "Krasnodar" futbol akademiyasiga tashrif buyuradilar. 

"Bu erda aynan Sizning jamoangiz o'yinlarini kuzatib shunga amin bo'ldim, ular bizning o'yin uslubimizga juda yaqinlar. Odil Ahmedov shunday katta loyihaga qo'l urgani quvonarli. Qolaversa, katta rahbarimiz bilan ham yaxshi munosabatda ular. Menimcha hamkorlikda ishlash uchun hech qanday to'siq yo'q", - deydi Vasilchenko.

2020 yil "Krasnodar" FAga 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar qabul qilinadi. Ayni paytda eng kichik guruhda 2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar tahsil olishyapti.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика