Militao jarohatidan so'ng safga qaytishga yaqin
01 may 20:50
Yangiliklar


Militao jarohatidan so'ng safga qaytishga yaqin
"Real" himoyachisi 2024 yil 9 noyabr kuni "Osasuna"ga qarshi o'yinda (4:0) xochsimon paylarini uzib olgan edi.
AS nashri xabar berishicha, Militaoning tiklanishi muvaffaqiyatli kechmoqda - u mart oyida to'p bilan mashg'ulotlarni boshladi va hozirda yuqori tezlikli mashqlarni bajara olmoqda. Rejaga ko'ra, yaqin kunlarda braziliyalik futbolchi "Real"ning umumiy guruhida qisman shug'ullana boshlaydi. Uning to'liq qaytishi may oyining oxiriga kutilmoqda.
Takidlanishicha, Militao joriy La Liga mavsumida "Real" safida o'ynashi dargumon, biroq hamma narsa braziliyalik futbolchining iyun-iyul oylarida AQSHda bo'lib o'tadigan klublar jahon chempionatiga tayyor bo'lishini ko'rsatmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" jamoasida Militaodan tashqari yana 4 nafar asosiy tarkib himoyachilari - Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi va David Alaba ham jarohat olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar