"Milan" o'z vingeri uchun "Bavariya"dan 130 mln. evro talab qilmoqda
02 iyu 21:45
Yangiliklar
"Milan" o'z vingeri uchun "Bavariya"dan 130 mln. evro talab qilmoqda
"Milan" Rafael Leau transferidan 100 million evrodan ko'proq mablag' ishlab olishni xohlaydi.
Bild Kicker'ga tayanib xabar berishicha, vingerga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar vakillari va futbolchi agentlari o'tgan haftada allaqachon uchrashgan. Portugaliyalik Germaniyaning amaldagi chempioni uchun o'ynashga qarshi emas.
Corriere dello Sport xabar berishicha, "rossoner" portugaliyalikning tovon puli 175 million evrol bo'lsa-da, nemislardan transfer uchun 130 million evro talab qilmoqda. Ehtimol, bu summa yanada pasayishi mumkin. Shu bilan birga, "Milan"ning yang bosh murabbiyi Massimiliano Allegri esa Leau qolishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli o'yinchi A Seriyada 34 ta o'yin o'tkazib, 8 gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar