"Milan" APLda faoliyat olib borayotgan murabbiyni olib kelmoqchi, ammo...
03 may 21:14
Yangiliklar
"Milan" APLda faoliyat olib borayotgan murabbiyni olib kelmoqchi, ammo...
Gap "Brayton" bosh murabbiyi haqida.
"Milan" klubi ayni damda yangi murabbiy qadirish bilan band. Italiya klubi "Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Zerbining ishiga qiziqib qoldi. Biroq, de Zerbining "Brayton" bilan shartnomasida katta miqdordagi tovon puli belgilangan. Aynan shu narsa "Milan" uchun muammo bo'lishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Roberto de Zerbining tovon puli 15 mln evroni tashkil qiladi. "Milan" klubi bu summani to'lamoqchi emas. Agarda ingliz klubi biroz engilroq talab qo'ysa, milanliklar de Zerbi bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi avvalroq Tiago Mottani "Yuventus"dan ilib ketishga harakat qilib ko'rgandi. Motta "Yuventus" bilan og'zaki kelishib olgani aytilgandi.
Fikrlar