So’nggi yangiliklar

Mikel Arteta: Pep - sayyoramizning eng kuchli murabbiyi Yangiliklar

Mikel Arteta: Pep - sayyoramizning eng kuchli murabbiyi

Mikel Arteta Manchester Siti - Arsenal uchrashuvidan oldin Pep Gvardiolani maqtadi.

«Menga Pep bilan birga ishlash baxti nasib etgan. Uning jamoani qanday boshqarashi, intellekti, ish uslubiga qoyil qolmay iloj yo'q, u juda ko'p ishni parda ortida bajaradi, bu mehnatni muxlislar ko'rishmaydi. 

Pep – jahonning eng yaxshi murabbiyi, u boshqalardan katta farq bilan oldinda. U men futbolda uchratgan eng yoqimli insonlardan biri. Gvardiola bilan ishlash menga juda yoqqan. Undan juda ko'p narsani o'rganish mumkin», - deydi London klubining bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» - «Manchester Siti» uchrashuvi yakshanba kuni soat 20:30 da start oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика