So’nggi yangiliklar

09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  1 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1

Niderlandiya darvozaboni Mika Spigt: "Guruhda irkit o'rdakcha bo'lishni istamaymiz" Yangiliklar

Niderlandiya darvozaboni Mika Spigt: "Guruhda irkit o'rdakcha bo'lishni istamaymiz"

Niderlandiya futzal terma jamoasi darvozaboni Mika Spigt mundial oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avgust oyi oxirida Marokashdagi nazorat o'yinlaridan so'ng, murabbiy to'rtta darvozabonni bir joyga chaqirib, ulardan uchtasini tanladi. Ular orasida men ham bor edim. Jahon chempionatida ishtirok etish ulkan tajriba orttirishimizga sabab bo'ladi. 

Men endigina o'n to'qqiz yoshni qarshi oldim va ko'pchilikdan ancha yoshman. Vaziyatga real qarash kerak, Manuel Kuyk termma jamoaning asosiy darvozaboni, men esa zaxira o'yinchisiman. Biroq maydonga tushish ehtimoli paydo bo'lsa, ajoyib ish bo'lardi. Agarda bu voqea sodir bo'lmasa ham, jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlab, qo'limdan kelganicha yordam beraman.

Mezbon O'zbekistonga qarshi o'yin 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan o'yingohda o'tkaziladi. Bizga aytishlaricha, deyarli barcha chiptalar sotib bo'lingan. Demak, stadion muxlislar bilan to'ladi. Hech qachon bunchalik ko'p ishqibozlar qarshisida o'ynamaganman. Hatto Qozog'istonda eng ko'pi uch ming kishi qarshisida to'p tepganman. 

To'g'ri, guruhimizdagi barcha davlatlar jahon reytingida yuqori pog'onalarda joylashgan. Biroq Finlyandiya va Ozarbayjonga qarshi o'yinlarda kuchli davlatlarni ham mag'lub etishimiz mumkinligini isbotladik. Guruhda irkit o'rdakcha (kulgiga qoladigan va zaif ko'riladigan manosida — tahririyat) bo'lishni istamaymiz. Biz bir jamoa bo'lib, keyingi bosqichga yo'l olishimiz mumkinligini isbotlashni istaymiz", dedi 19 yoshli darvozabon.


Eslatib o'tamiz, Niderlandiya terma jamoasi "A" guruhidagi ilk uchrashuvini 14 sentyabr kuni O'zbekistonga qarshi o'tkazadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика