"Metallurg" sobiq futbolchilarini ortga qaytarishda davom etyapti
06 jan 2022 19:31
Yangiliklar
"Metallurg" sobiq futbolchilarini ortga qaytarishda davom etyapti
Klub matbuot xizmati rasman navbatdagi ikki transferni elon qildi.
"Metallurg" sobiq o'yinchilarini yana Bekobodga qaytardi. Bular – yarim himoyachi Ergash Ismoilov hamda hujumchi SHohnazar Norbekov.

Malumot uchun, Ergash Ismoilov 2016 yilda bekobodliklar sharafini himoya qilgan.
26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida 25 o'yin o'tkazib (834 daqiqa), 1 ta sariq kartochka ishlab olgan.

SHohnazar Norbekov esa 2011-2016 yillar davomida "Metallurg"da to'p tepgan. 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 25 o'yinda 4 ta gol urgan hamda 2 ta golga assistentlik qilgan. U jamoa bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz orqali ikki futbolchining transferi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar