Mesut O'zil murabbiy bilan kelishmovchilik sabab "Fenerbaxche" tarkibidan chiqarib tashlandi
24 mar 2022 23:33
Yangiliklar
Mesut O'zil murabbiy bilan kelishmovchilik sabab "Fenerbaxche" tarkibidan chiqarib tashlandi
Bu haqida klub rasman malum qildi.
"Fenerbaxche" klubi 33 yoshli yarim himoyachi Mesut O'zilning tarkibdan chiqarib tashlanganini malum qildi. Aynan shunday chora Ozan To'fonga ham qo'llangandi. Klub bunining sababini ochiqlamagan.
Ammo Football London nashrining yozishicha, Turkiya chempionatining 30-turidan o'rin olgan "Fenerbaxche" va "Konyaspor" jamoalari o'rtasidagi o'yinda O'zil jamoaa murabbiyi Ismail Kartal bilan bahslashib qolgan. Mesut birinchi bo'limdan so'ng zaxiraga olingandi.
Hozirda Mesut O'zil va Ozan To'fon asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olishmayapti. Agar "Fenerbaxche"ga yangi murabbiy kelmaydigan bo'lsa, O'zil katta ehtimol bilan o'ziga yangi klub izlashiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar