Messi kesma paslar bo'yicha Top-5 ning oxirgi 2 mavsumida etakchi. Leo PSJni bir yil oldin tark etgan
24 iyu 2024 13:03
Yangiliklar
Messi kesma paslar bo'yicha Top-5 ning oxirgi 2 mavsumida etakchi. Leo PSJni bir yil oldin tark etgan
Lionel Messi Evropaning Top-5 chempionatlarida oxirgi 2 mavsumda eng ko'p kesma pas (raqib o'yinchilari orasidan kesib pas berish) berish borasida etakchi bo'lib turibdi.
37 yoshli argentinalik 2022-2023 yilgi mavsum PSJ tarkibida 37ta mana shunday pas bergan. U o'tgan yilning avgustidan beri MLS dagi "Inter Mayami" azosi hisoblanadi.
Bu borada ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" etakchisi Brunu Fernandesh egalladi. U MYU tarkibida APLda 2022-2023 va 2023-2024 mavsumlarda 35ta kesma pas bergan. Uchinchi pog'onada 32ta pas bilan "Arsenal" sardori Edegor.
SHuningdek, top-5ga "Vilyarreal"dan Aleks Baena (25ta kesma pas) va "Manchester Siti"dan Kevin de Bryuyne (24ta pas) kirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar