So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  5 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  12 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Messi haqida unuting! Ronaldu qanday qilib yagona buyuk insonga aylandi Yangiliklar

Messi haqida unuting! Ronaldu qanday qilib yagona buyuk insonga aylandi

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
"El-Klassiko"da dubl? CHL yarim finalida xet-trik! Krishtianu sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi.

Messining pasayishi aniq. "Klasiko"da qo'shimcha daqiqalarda g'alaba to'pini kiritib, muxlislarga 10 raqami tushirilgan futbolkani ko'rsatgan Messi eng yaxshi nomini qaytarib olgani uzoqqa cho'zilmadi. "Klasiko"dagi g'alaba ham Messining "Barsa"siga LaLigada ustunlik taqdim etgani yo'q.


Ronaldu foydaliroq. "Real" ishtirokidagi har bir CHempionlar ligasi uchrashuvidan so'ng smartfonga Krishtianu Ronalduning rekordi haqida kamida 3 ta xabar keladi. Evropaning asosiy turnirida 100 tadan ortiq gol urgan portugaliyalik to'xtash haqida o'ylamayapti ham: U birinchi bo'lib CHL pley-off bosqichida ketma-ket ikkita xet-trik qayd etdi, yarim finallarda urilgan gollar soni bo'yicha Di Stefanodan o'tib ketdi, "Real" safidagi 400-golini urdi. CHL to'purarlari poygasida Messiga etib olish uchun Ronaldu bor-yo'g'i bitta gol urishi kerak. "Visente Kalderon" bu voqeani ko'radiganga o'xshaydi.


Ronaldu barqarorroq. Messi "Klasiko"da haqiqatdan ham yaxshi o'ynadi: Gol urdi, pas berdi, futbolkasini ko'rsatdi. Ammo aslida argentinalik boshqa yirik bahslarda yo'qolib qoladi: CHempionlar ligasining kerakli paytida Neymar "Barselona"ni ortidan "sudragan", "Yuventus" himoyasiga qarshi esa kataloniyaliklarning hech biri foydali ish qila olmadi.


Ronaldu doimgidek bir darajada o'ynamoqda: "Barsa", "Alaves", "Legiya" va "Bavariya"ga qarshi. Hozirgi "Real"da Serxio Ramosdan tashqari jamoani ortidan ergashtira oladigan hech kim yo'q. Benzema Suaresga o'xshamaydi, xatto Beyl ham, Isko Neymardek o'ynamaydi.


Ronaldu universalroq. "Atletiko"ga qarshi bahsda Ronaldu hujumdagi barcha poziciyalarda o'ynashga ulgurdi: Bahsni chap qanotda boshlagan bo'lsa, keyin o'ngroqqa o'tdi, bahsni esa markaziy hujumchi sifatida yakunladi.  Portugaliyalik har erda yaxshi, u istagan zonasidan gol urib, o'zini qulay his qila oladi. Bu ishni bajarayotgan paytida Ronaldu jamoadoshlariga halaqit bermaydi: Modrich va Isko maydon markazida o'z vazifasini bajarishadi, Benzema raqib darvozasi oldida kurashadi, Vaskes yoki Asensio qanotlardan yorib kirishadi.


Messi faqat erkin ijodkor rolida yaxshi o'ynaydi. Leo to'p bilan orqaroqqa qaytganida vaziyat o'ylab topishi mumkin, ammo to'psiz u kam harakat qiladi va to'p olishda juda sust.


Ronaldu terma jamoada ham omadliroq. Hammasi oddiy: Hozircha Messi unga Argentina terma jamoasi kerakligi haqida o'ylayotgan bir paytda, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi asosiy yulduzga aylandi. Portugaliyaliklarning birinchi sovrini to'lqinida "Real" hujumchisi JCH saralashida Evropaning to'purarlaridan biri bo'lib turibdi va Konfederaciyalar Kubogiga asosiy etakchi sifatida tayyorgarlik ko'rmoqda.


Ronaldu qimmatroq. Bu erda gap transfer narxi haqida ketmayapti. "Krishtianu Ronaldu" brendi "Lionel Messi" brendidan ko'ra yaxshiroq sotiladi. Portugaliyalik Nike bilan bir umrlik shartnoma imzoladi, sportchilar orasida ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur inson va argentinalik raqibidan ko'proq pul ishlab topadi. Ronaldu o'g'li, nevarasi va qarindoshlarining kelajagini taminlash uchun barcha ishni bajarib bo'ldi.


Ronaldu 32 yoshida deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Jahon chempionatidan tashqari. Hozir Krishtianuga bir narsa kerak - navbatdagi rekordni urib, hech kim bajara olmagan ish - CHempionlar ligasida ketma-ket ikki marotaba g'alaba qozonish. Portugaliyalikda boshqa bunday imkoniyat bo'lmasligi mumkin. "Real"ning bu tarkibi - Ronaldu o'ynaganlari orasida eng kuchlisi. Jamoa aynan Krishtianu uchun qurilgan.

Krishtianu Ronalduning biznes-imperiyasi

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика