So’nggi yangiliklar

11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  3 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  2 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3

Meni ranjitgan uch narsa Yangiliklar

Meni ranjitgan uch narsa

Yilning "Eng yaxshilarini taqdirlash" marosimida Superliga va O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi alohida aniqlangani mantiqli deb bilaman.

CHunki Superliga bu - bir musobaqa. Tabiiyki yil yakunida uning eng yaxshi murabbiyi bo'ladi. O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi degani bu, albatta Superligani yutishi shart degani emas. Balki Proligani yutib ham eng yaxshi bo'lish mumkin. Balki futzal, ayollar futboli yoki terma jamoalarda ishlab ham. 

Muammo shundaki, yil yakunlari deganda ko'z oldimizdan birinchi navbatda Superliga ketmay qoladi. Natijada boshqa futbollarni unutib qo'yamiz. Misol uchun yilning eng yaxshi futzalchisi, ayol futbolchisi va yosh futbolchisi aniqlanyapti. Lekin nima sababdan eng yaxshi futzal murabbiyi yoki ayollar murabbiyi aniqlanmayapti degan savol yuzaga keladi. 

Taqdirlashga kelganda faqat Superliga atrofida o'ralashib qolish to'g'ri emas, aksincha boshqa musobaqalarga nisbatan hurmatsizlik va avvalo PFLning o'zi past nazar bilan qarashini anglatadi. 

Xullas kechagi taqdirlashda SHota Arveladze Superliganing eng yaxshi murabbiyi bo'ldi, Ro'ziqul Berdiev esa O'zbekistonning. Va Berdievning O'zbekistonda eng yaxshi deb topilishi adolatdan. Bunda hech qanday muammo ko'rmayapman. Ro'zi aka mana bir necha yildirki qator-qator futbolchilarni tarbiyalab kelyapti. Yana kim shu ishni qilyapti degan savol ham tug'iladi. 

Meni faqat 3ta narsa ranjitdi. 1. Eng yaxshi futbolchilar qatorida Jasur Yaxshiboevning yo'qligi, 2. Eng yaxshi murabbiylar qatorida nima sababdan Abramovning borligi va 3. Eng yaxshi murabbiylar orasida "Turon" bosh murabbiyining ismi umuman tilga olinmagani.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика