So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  1 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  3 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  40 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  5 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

Mendan bilimliroq "ikkichi" do'stim va O'zbekiston terma jamoasi haqida Yangiliklar

Mendan bilimliroq "ikkichi" do'stim va O'zbekiston terma jamoasi haqida

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Tongda voz kechilgan uyqungizga achinmagansiz degan umiddaman.

Maqtanarli ish emas-u, qishloqdagi maktabda dadamning kamari mazasini tatib ko'rmaydigan bahoga o'qiganman. Ehtimol, o'zimni shunday hisoblagandirman. Yozgi tatilda shahardan men tengi o'spirinlar bobo-buvisinikiga kelishardi. Tabiiyki, ular shahar talimi va hayotini ko'rgan, dunyoqarash jihatdan bizdan farq qilardi. Albatta, o'zaro suhbatda baholarimiz bilan maqtanish odatimiz yo'q emasdi. O'sha vaqtlarda aniq fanlarga birmuncha qiziqishim bo'lgani sababli 2X2 javobini topsak ham, varaqlari sarg'ayib ketgan kundaligimizni o'qituvchini oldiga eltishdan tolmasdik. SHahardan kelgan o'spirincha esa ixtisoslashtirilgan maktabda 3-4 bahoga o'qishini aytib, rosa mazaxo'rak bo'lardi. U vaqtlar tafakkurimizda ixtisos-pixtisos degan tushunchaning o'zi yo'q edi. Xullas, o'sha "ikkichi" maktabni bitirgach, so'lagimizni oqizadigan ball to'plab, nomdor oliygohga grant asosida qabul qilindi. Aslini olganda, u tahsil olgan maktabda biz tengi maqtanchoqlar jingalak baho olish uchun ham terlarimizni shashqator qilishimizga to'g'ri kelardi. SHunchaki u etuk talim beradigan dargohda o'qigandi. Bizning geografiyamizda esa Toshkentdan narida er tugab qolardi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining ham dunyoda o'z o'rniga ega bo'lgan mamlakat terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi va maksimal natija qayd eta olmagani bazi ishqibozlarning etiroziga sabab bo'ldi. Murabbiy va futbolchilarga o'zbek xalq qarg'ishlari lug'atidagi so'zlardan iborat tabriklar ham yo'llandi. Umuman olganda, muxlislar tomonidan maqtov va etirozlar bo'lishi normal holat. Albatta, barchamiz eng kuchli futbolchilar jamlangan jamoadan toshoynalarni sindirishga majbur qilmaydigan natija kutamiz. Biroq yil davomida tabiatdan faqat bahor faslini talab qila olmaymiz. SHimoliy Amerika jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalarimiz qovog'imni chimirishga majbur qilgani yo'q. Hatto maysa rangidagi kartasini orzu qiladigan mamlakatga qarshi bellashuvimiz ham iliq taassurot qoldirdi. SHunchaki vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Qolaversa, O'zbekistonda ikki narsani o'tkazib olish juda qiyin: birinchisi — qishni, ikkinchisi — terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarning so'nggi daqiqalarini.

Biroq baribir terma jamoa o'yinidan xursandman. Meksikaga yutqazganimizda ham ko'rsatgan o'yin tufayli dastro'molimni ho'l qilmasdim. Mana shunday o'yinlar xatolarimizni ko'zdan kechirib olishimizga zamin yaratadi. Bir vaqtlar terma jamoa SHimoliy Koreya, Livan singari o'zimizdan nisbatan raqiblarini o'rtoqlik o'yinlarida mag'lub etib, muxlislar chapaklariga sababchi bo'lardi. Hal qiluvchi bahslarga kelganda qopimizdagi gollar tugab qolardi. 

Kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushish darvozamizdan bir kamaz to'p o'tkazib yuborgan taqdirda ham rivojlanishga xizmat qiladi. O'z vaqtida Yaponiya, Koreya kabi qitadoshlarimiz FIFA kunlarida Braziliya, Argentina termalaridan olti-ettitalab tarsaki qabul qilib olardi. Yaqinda esa kunchiqar yurt vakillari Germaniya murabbiyining istefosiga sababchi bo'ldi. Koreya esa undan avvalroq o'z salomini yo'llagandi. Vaqti kelib, gegemonlarni taslim etish biz uchun ham fantastika bo'lmay qolishi turgan gap.

Bugungi o'yinda Abdixoliqov, Saitov kabi futbolchilarni ko'rib, xursand bo'ldim. Gap ularning qanday o'yin namoyish etganligi yoki yoqtirish-yoqtirmaslikda emasdi, balki zaxira o'yinchilariga ham imkon berib, raqobatlashish imkonini taqdim eta olgani to'g'risida ketmoqda. Umid qilamanki, terma jamoamizning navbatdagi o'rtoqlik o'yinlarida zaxira futbolchilarimiz faqatgina Instagramga hikoya joylash uchun safarga otlanmaydi. Katanecning haqiqiy imtihoni hali oldinda, shu bois uning qarorlaridan to'la-to'kis xulosa chiqara olmaymiz.

...SHaharlik talaba o'rtog'im bilim borasida qolganlarga dars bersa-da, uning biroz g'ashimga tegadigan odatlari ham bor edi. Masalan, u xorij brendlari sevar, milliy mahsulotlarimizga esa uncha-muncha bepisandlik bilan nazar solardi. Qolaversa, o'z maqsadi yo'lida ko'chaga otlangan payti kimnidir vaqtincha kostyumsiz, boshqasini soyabonsiz qoldirib ketish odati yomon edi. SHularni inobatga olmaganda, malades yigit u.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика