"Men ushbu klub uchun yaralganimni isbotlayman" - Azar "Real"dan ketmaydi
12 iyu 2021 19:05
Yangiliklar
"Men ushbu klub uchun yaralganimni isbotlayman" - Azar "Real"dan ketmaydi
Futbolchi Ispaniya chempionatida o'zini ko'rsatmoqchi.
Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azar "Real"dan ketish haqida o'ylamayotganini aytdi.
"Men ketish haqida bir soniya ham o'ylaganim yo'q. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganim sababli "Real"ni tark etmayman. Men bu klub uchun yaralganman va buni barchaga isbotlamoqchiman.
"Real"da edim, lekin go'yo unda bo'lmagandek edim, tushunyapsizmi? Bu juda qiyin edi. Koronavirus tufayli ham menga qiyin bo'ldi. SHartnoma imzolaganimda, tomoshabinga to'la "Santyago Bernabeu"da o'ynashni orzu qilgandim.
Umid qilamanki, tez orada stadionimiz qurib bitkaziladi va muxlislar tribunaga qaytishadi. Menga bu juda zarur", – dedi Eden Azar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar