So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Men Kuper emasman Yangiliklar

Men Kuper emasman

Kecha Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Ektor Kuper bir gapni ko'p takrorladi.

Yani, terma jamoamiz bosh murabbiyi Osiyo Kubogining 1/8 finalida raqib tanlamaymiz va kimga qarshi o'ynashning farqi yo'q dedi. Albatta, bu bosh murabbiyning fikri va uni hurmat qilamiz. Lekin shu o'rinda o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, to'g'risi 1/8 finalda men raqib tanlayapman va bu jamoa Avstraliya bo'lmasligini xohlayman. 

Ehtimol Avstraliya zo'rg'a guruhdan chiqqandek ko'rinishi mumkin, biroq amalda ular ancha kuchli. Qolaversa, Avstraliya biz bilan o'yinlarda doim omadli bo'lgan. Bu jamoaga gol urganimizni eslay olmadim. SHu bois guruhni peshqadam sifatida tugatib Qatar yoki Saudiya Arabistoni bilan o'ynaganimiz maqul. 

To'g'ri, Avstraliyaga qarshi o'ynashni xohlayotganlar ham kam emas. Bu o'rinda ko'pchilik 2011 yil ro'y bergan o'sha 0:6 hisobidagi mag'lubiyat alamini olish haqida gapiryapti. Mag'lubiyat alamini olishimiz mumkin, lekin bunga hali ozgina bor deb o'ylaymiz. Har holda ular bilan sal keyinroq, keyingi bosqichlarda to'qnash kelganimiz maqul. 

Hozircha esa biz uchun eng qulay raqib arablardan biri bo'lsa kerak: mayli Qatar yoki Saudiya Arabistonidan biri bo'la qolsin. CHunki biz arablarga qarshi to'p tepganda ko'proq ishonchga ega bo'lamiz va omadlimiz. Faqat buning uchun Yaponiya bilan kechadigan bellashuvda yutqazmasligimiz kerak bo'ladi. SHundagina guruh peshqadamligini saqlab qolamiz.

Agar bugungi bahsni ijobiy yakunlasak, undan so'ng keyingi bosqichdagi raqibimizni kutamiz. CHunki Qatar - Saudiya Arabistoni bahsi bizning o'yin tugashiga oz qolganida boshlanadi. Uyog'i esa o'zingizga bog'liq: xohlang u jamoaga muxlislik qiling, xohlang bunisiga. 

Har holda bu borada men Kuper emasman va aynan 1/8 final uchun raqib tanlayman. Va istardimki, keyingi bosqichda Avstraliya bizga  tushmasin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика