So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

"Men faqat "Nasaf" haqida o'ylamoqdaman" - Marko Stanoevich final oldidan Yangiliklar

"Men faqat "Nasaf" haqida o'ylamoqdaman" - Marko Stanoevich final oldidan

Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun O'zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur bahs Samarqanddagi  "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin oldidan ikki jamoada ham jiddiy yo'qotishlar borligini bilasiz. "Nasaf"ning etakchisi Marko Stanoevich bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Biz bu borada finaldan oldin serbiyalik yarim himoyachining fikrlarini tingladik. 


- Marko bugun jamoangiz uchun juda muhim kun. Ikki jamoa deyarli bir xil holatda. SHunday ekan finaldan qanday o'yin kutyapsiz? Extiyotkorlik asosiy planda bo'ladimi?

- Bugun qaysidir manoda futbol bayrami, desam to'g'ri bo'ladi. Finallar doim muxlislar etiborini o'ziga jalb qilib kelgan. Kecha esa ishqibozlar uchun haqiqiy tantanali jarayonlar bo'lib o'tdi. Bugun esa uning davomini ko'ramiz. Umid qilamanki, ikki jamoa chiroyli futbol ko'rsatadi. Natija qanday bo'lishini yakunda ko'ramiz.

-  "Paxtakor"da Dragan CHeran, "Nasaf"da esa siz ishtirok eta olmaysiz. Ikki do'st finalni birga tomosha qiladimi?

- Bunday masuliyatli pallada jamoanga yordam bera olmaslik juda qiyin. Maydon tashqarisida kuzatish undan ham murakkab. O'zbekiston futbol associaciyasi o'yinga ruxsat berishiga umid qilgandik. CHunki mavsumning so'nggi o'yini qoldi. Lekin bunday bo'lmadi. Ko'ramiz, CHeran mendan uzoqlashib ketmasa, finalni birga tomosha qilamiz (kuladi).

-  "Nasaf" uchun mavsum hali tugamadi. SHunday bo'lsada, uzoq yo'lni bosib o'tdi. Superliga, OFK kubogidan qanday xulosalar yuzaga keldi?

- Mavsum juda qiyin o'tdi. O'zimiz ishtirok etgan musobaqada g'olib chiqib muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Bugun bizda sovrin yutish uchun oxirgi imkoniyat qolgan. 

- "Nasaf" bilan shartnomangiz yil oxirida tugaydi. Keyingi rejalashtiringizdan nimalar o'rin olgan?

- Men faqat "Nasaf" haqida o'ylamoqdaman. Jamoada qolishdan xursand  bo'lardim. Boshqa takliflar kelib tushmadi.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика