So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Mbappe munosib edimi? Yangiliklar

Mbappe munosib edimi?

Hammasi 2016 yili FIFA va “France Football”ning yo'llari ayro tushganidan boshlangan.

Kech bo'lsada munosabat bildirgim keldi. Aslida hammasi joyida birov ekkanini boshqa birisi o'rib ketmayapti. Messi “The Best” sovrinini haqli ravishda qo'lga kiritdi. Hammasi 2016 yili FIFA va “France Football”ning yo'llari ayro tushganidan boshlangan. O'shandan boshlab “France Football” o'zining “Oltin to'p”ini, FIFA esa “The Best”ini yilning eng yaxshi futbolchilariga topshirishni boshladi. Tabiiyki yilning eng yaxshisini aniqlashda ikki tomon doim ham bir xil natija qayd etishmaydi. Munozaralarning kelib chiqishi ham shundan aslida. Quyida 2016 yildan buyon “The Best” va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan futbolchilarga etibor qaratamiz.

  Ko'rib turibsizki, so'nggi 3 yilda sovrinlarni turli futbolchilar olishgan. “France Football” 2020 yilda pandemiya sabab marosim o'tkazmagan bo'lsa, FIFA polshalik futbolchiga eng yaxshi futbolchi maqomini berdi. 2021 yilda “Oltin to'p” munozarali tarzda Leo Messiga topshirildi, FIFA esa Robertni ketma-ket ikkinchi bor taqdirladi. “France Football” aynan shu joyda xatoga yo'l qo'ydi, keyinchalik Messining o'zi ham buni takidlagandi. 2022 yilda Benzema “Oltin to'p” sovriniga munosib ko'rildi (haqli), FIFA esa kuni kecha 4 yillikning eng katta musobaqasida asosiy qahramonga aylangan Leo Messini eng yaxshi deb topdi. Oldingilaridan farqli bu safar FIFA ham “France Football” ham adolatli qaror chiqardi.

Mbappe munosib edimi?


Fikrlar subektiv, hammaning o'z qarashlari bor. JCH finalchilari va o'z jamoalarining liderlari bo'lgan ikki futbolchi o'zaro taqqos qilinganda titul yuqori planga chiqadi. CHempion Argentina bo'ldi va argentinaliklar FIFA tomonidan eng yaxshilari deb topilishdi. Agarda chempion tarkibida Messi kabi persona bo'lmaganda deylik Di Mariya, FIFA taxminimcha Kilian variantida to'xtalardi. 2018 yilgi mundial finalchisi Luka Modrich o'sha yili “Oltin to'p”ga ham “The Best”ga ham munosib ko'rilgandi (Ronaldudan “Oltin to'p” o'g'irlandi deydiganlar ham bo'lgan). Bu erda hammasini Messi faktori hal qildi, ortiqcha izohga hojat yo'q.

Intriga.



Buyog'iga «FIFA» va “France Football” o'rtasidagi raqobat davom etadi. Oldinlari “Oltin to'p” sovrini “The Best”dan zalvorliroq edi, endi esa tafovut ancha qisqargan. Bu borada ham har kimning o'z qarashlari bor.


Jaloliddin Xalilov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика