Mbappe: "Messi PSJga ko'nikib borayotganidan xursandman"
27 fev 2022 19:28
Yangiliklar
Mbappe: "Messi PSJga ko'nikib borayotganidan xursandman"
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Lionel Messi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Messi – aql bovar qilmas futbolchi. U yangi klubiga ko'nikib borayotganidan xursandman. Siz ettita "Oltin to'p" yutgan bo'lsangiz ham, moslashish uchun vaqt kerak, albatta. Messi o'yindan o'yinga yaxshilanib bormoqda. Men uchun u bilan o'ynash oson kechmoqda", – dedi Mbappe.
34 yoshli Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar