Mayk Din derbidagi xatosini tan oldi
19 avg 2022 09:15
Yangiliklar
Mayk Din derbidagi xatosini tan oldi
Mayk Din mazkur uchrashuvda videoassistent sifatida ishladi.
Uchrashuv oxirlarida “shporlar” himoyachisi Kristian Romero jarima maydonchasi ichidagi to'p uchun kurashda raqib azosi Mark Kukurelyaning sochidan ushlab, uni muvozanatdan chiqardi. Bahs bosh hakami Entoni Teylor mazkur vaziyatni etiborsiz qoldirdi va “Tottenxem” Xarri Keynning goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
“Bazida ortga qarab, boshqacha harakat qilish mumkinligini tushunasan.
Keynning 2-goliga kelsak, men bosh hakam Entoni Teylordan “Tottenxem”dan Romero va “CHelsi”dan Kukurelya bilan bog'liq vaziyatni ko'zdan kechirishim uchun vaqt so'radim.
VARdaligim uchun jarima zarbasi bera olmasdim, ammo Teylorga qizil kartochka bo'lishi mumkinligini ko'rib chiqish uchun arbitrga ajratilgan joyga kelishini so'ray olardim. Bir necha soniya ichida Romeroning Kukurelyaning sochidan tortgan holatini ko'rib chiqishim kerak edi, bu atayin qilingan deb o'ylamagandim.
Bu esa qanchalik tajribali bo'lishingdan qati nazar, 20 yildan ortiq APLda hakamlik qilganimni qaramasdan doimo o'rganishim kerakligini isbotlaydi. Bu meni xafa qildi, chunki bu xato hakamlarimizning shunday ajoyib uik-enddagi yagona kamchiligi bo'ldi”, deydi Din.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar