So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Mavsumning 5 aktyorligi Yangiliklar

Mavsumning 5 aktyorligi

"Yiqilish - sanatning bir turi", degan edi bir vaqtlar qaysidir futbolchi.

Ayrim mamlakatlarda hattoki VAR texnologiyasi bilan ham bunga chek qo'ya olishmayapti va shu boisdan simulyaciyalar ko'payib ketmoqda. Ayrim vaziyatlarda bu penaltiga aylanib, jamoa g'alabalarga erishmoqda.

Yaqinda APLda hakamlar soni qisqarishi va VAR tizimi APLda ham qo'llanilishi malum qilindi. SHu orqali biz dunyoning eng qiziqarli ligasida adolat o'rnatilishi tarafdorimiz.

Quyida biz ushbu mavsumda bo'lgan mashhur futbolchilar tomonidan amalga oshirilgan "aktyorliklar" xususida to'xtalamiz.

5. KRISHTIANU RONALDU (Portugaliya)

33 yoshli futbolchida yuqori texnika borligi hech kimga sir emas.

Biroq u har doim ham o'z texnikasini foyda uchun ishlatmas ekan. Misol uchun, u Portugaliya termasi bilan Gollandiya (0:3) termasiga qarshi uchrashuv vaqtida raqib jarima maydonchasi yaqinida simulyaciya ishlatdi va yiqilib tushdi.

Hakam bunga ishonmadi, ammo Ronaldu shunday jahl qildi-ki, xuddi unga qo'pollik ishlatilgandek.

4. NEYMAR (PSJ)

So'nggi yillarda "Oltin to'p"ga davogarlik qilayotgan Neymar jamoasining ECHLdagi so'nggi o'yinlarida yordam bera olmadi.

ECHL guruh bosqichida Neymar "Bavariya"ga qarshi uchrashuv vaqtida braziliyalik futbolchi antiqa simulyaciya ishlatdi. Bunga barcha ishondi. Etmaganiga Arturo Vidal sariq kartochka oldi.

Ammo, takroriy lavhada barchasi ko'rinib qoldi. Neymar aktyorlik qildi. O'zini maydonga otib yubordi.

3. XARRI KEYN (Tottenxem)

Ketma ket ikki mavsum APLning "Oltin butsa"sini qo'lga kiritgan Xarri Keyn ko'plab gollar urishda davom etmoqda. U bu mavsumda Muhammad Salohga etarlicha qarshilik ko'rsatdi.

"Liverpul"ga qarshi uchrashuv vaqtida Xarri Keyn yaxshigina aktyorlik qiladi. Uning baxtiga hakam bunga ishondi. 84-daqiqada Lovrenning oyog'i ustidan o'tib ketdi va to'p Keynga borib tushdi. U darvozabon bilan birga bir holatga chiqdi. Karius esa o'zini to'pga tashladi. SHu orqali Keyn yiqildi va penalti belgilandi.

2. PEDRO (CHelsi)

19 may kuni Angliya kubogi finalida MYU bilan o'ynaydigan "CHelsi" turnir davomida qiyinchiliklarga uchradi.

3-bosqichda "Norvich" bilan uchrashuvda Pedro antiqa yiqilishni amalga oshirdi. 62-daqiqada Pedro raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqadi va yiqilib tushdi. Bu safargi vaziyatda hakam ispaniyalikning harakatlariga uchmadi va Pedroga "aktyorligi uchun" sariq kartochka berdi.

Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. "CHelsi" penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi.

1. DELE ALLI

Angliya kubogining 5-raundida "Rokdeyl"ga qarshi uchrashuvning 87-daqiqasida Dele Alli antiqa yiqilishni amalga oshirdi.

Uning yiqilishi shunchalar ishonarli chiqdiki, bunga penalti bermaslikning iloji yo'q edi. Penaltidan Xarri Keyn unumli foydalandi.

Takroriy lavhalarda esa qo'pollik bo'lmagani ko'rinib qoldi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика