So’nggi yangiliklar

Maurisio Pochettino: "PSJ CHempionlar Ligasida "Real"ni mag'lub etishga hammadan yaqinroq kelgandi" Yangiliklar

Maurisio Pochettino: "PSJ CHempionlar Ligasida "Real"ni mag'lub etishga hammadan yaqinroq kelgandi"

Maurisio Pochettinoning fikriga ko'ra, PSJ CHempionlar Ligasida "Real"ga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi.

"CHempionlar Ligasi PSJning asosiy maqsadi bo'lib qolaveradi. "Real" ECHLning 1/8, 1/4 va 1/2 finallarida raqiblarini qanday o'yindan chiqarib yuborganiga qarasak, "Real"ning engishga eng yaqin kelgani biz edik.

Biz og'ir davrni boshdan o'tkazdik va shu sababli musobaqani tark etdik. Biz maqsadga yaqin kelgandik, ammo omadsizlikka uchradik. Biroq eng asosiysi – harakatdan to'xtamaslik, taslim bo'lmaslik.

CHempionlar Ligasidan chiqib ketgach, biz o'zimizni yo'qotib qo'ymadik va Franciya chempionatini yutdik. Buni alohida takidlash zarur", – dedi PSJ ustozi.

Parijliklar "Real"ga CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida mag'lub bo'lishdi (1:0, 1:3). 1/4 finalda Madrid klubi "CHelsi"ni (3:1, 2:3), yarim finalda – "Manchester Siti"ni (3:4, 3:1) mag'lub etishdi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика