Maurisio Pochettino: "Muxlislar istaganini qilishi mumkin, biz to'g'ri yo'ldamiz"
18 sen 2023 14:46
Yangiliklar
Maurisio Pochettino: "Muxlislar istaganini qilishi mumkin, biz to'g'ri yo'ldamiz"
"Pul sarflarkansiz, sizda maqsad paydo bo'ladi. G'alaba qozona olmasangiz muxlislar ranjishi va tanqid qilishi normal holat. Biroq men ishqibozlarga aytishim mumkinki, ular bilmaydigan va biz o'zgartira olmaydigan holatlar mavjud. O'tgan ishni o'zgartira olmaymiz. Tarkibimizda jarohatlanganlar juda ko'p. Hamma safga qaytsa, bizda ajoyib tarkib yuzaga keladi. To'liq tarkib bilan katta natijalarga davogarlik qila olamiz.
Biz mavsum startidan barcha o'yinchilar xizmatidan foydalana olmaymiz. Aytingchi, bunday vaziyatda nima qila olamiz?
Muxlislar istaganini qilishi mumkin. Biz esa qanday harakat qilishimiz kerakligini bilamiz. Ishonchimiz kuchli, ammo bugungi kunda bizning 12 futbolchimiz lazaretda. Zaxira o'rindig'ida 3-4 nafar yosh futbolchi o'tiribdi. Yig'lashim kerakmi? SHunchaki chorlovni qabul qilib, muammoni hal qilish yo'lini topishim zarur".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar