Matias De Ligt: "SHarmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"
09 may 2024 02:57
Yangiliklar
Matias De Ligt: "SHarmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"
"Real Madrid" "Bavariya"ni ECHL yarim final javob o'yinida mag'lub qildi.
"Bavariya" himoyachisi Matias De Ligt o'yindan so'ng bekor qilingan goli haqida gapirdi.
"Futbolda qoidalar bor. Agar aniq ofsayd bo'lmasa, vaziyat yakunlanishi kutish kerak. Hushtak chalish kerak emas. Balki, o'sha holatda ofsayd bor edi, ammo buni endi nima ahamiyati bor? O'yinning oxirida bunday hushtak chalish – katta xato. Agar ofsayd bo'lsa ham mayli edi, ammo buni tekshirish lozim edi. Tekshirmay qanday bilasiz? Xoseluning ikkinchi goli ham deyarli ofsayd edi. O'sha holatda ham golga qadar hushtak chalinmadiku? Meni vaziyatimda esa... Bu sharmandalik. Qanot hakami menga "kechir, xato qilib qo'ydim", dedi. Men mag'lubiyatda boshqalarni ayblashni yoqtirmayman. "Real" g'alaba qozondi", -deydi Matias De Ligt.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar