So’nggi yangiliklar

08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  1 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  1 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2

MATEMATIKA Yangiliklar

MATEMATIKA

Reglament nima deydi?

Qoidaga ko'ra:

Birinchi - Ochko.

Ikkinchi - To'plar nisbati.

Uchinchi - Urilgan gollarning ko'pligi.

To'rtinchisi bizga kerak emas. CHunki Suriya bizdan bitta ko'p gol urgan, Xitoy esa bir xil, 6ta.

Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 ochko bilan, to'rtinchi o'rinda turibdi. 


1. MTJ 5 sentyabr kuni Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchratsa ham JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmasligi mumkin, agar Suriya g'alaba qozonsa. Keling, Suriya hech bo'lmasa bitta to'p farqi bilan g'alaba qozonsa nima bo'lishini ko'rib chiqamiz. Suriyani 2ta to'p farqi bilan yutishini chetga surib turamiz.

Ayni paytda Suriya biz bilan bir xilda, 6ta to'p urgan, ammo to'plar nisbati ularda +1ni tashkil etayapti. Suriya 1ta gol farqi bilan yutgan taqdirda O'zbekiston 3ta to'p farqi bilan Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchratishi kerak bo'ladi. Janubiy Koreya uchta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchraydigan terma jamoalar sirasiga kirmaydi.

Suriya va O'zbekiston minimal hisobda g'alaba qozongan taqdirida, arablar to'g'ridan-to'g'ri JCHga, biz uchinchi o'rin bilan o'tish bosqichiga yo'l olamiz.


2. O'zbekiston g'alaba qozonib, Eron terma jamoasi mag'lubiyatga uchramasa to'g'ridan-to'g'ri JCHga biz chiqamiz, Janubiy Koreya uchinchi o'rinda qoladi.


3. Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarining ikkisi g'alaba qozonsalar, koreyslar mundialga, Suriya narigi guruhning uchinchi o'rini bilan o'yinga yo'l oladi. Huddi shu holatda Suriya durang o'ynasa ham jadval o'zgarmaydi.


4. Eng yomoni... O'zbekiston terma jamoasi gol urmay o'yinda ochko ololmasa va Xitoy safarda Qatarni yutsa (o'z-o'zidan to'plar nisbati minimum -2 bo'ladi. Urilgan to'plar 6ta, Xitoy esa minimum hisobda Qatarni mag'lubiyatga uchratsa, urilgan gollari soni 7ta bo'ladi, to'plar nisbati -2) biz guruhda beshinchi o'ringa tushib ketamiz.

Janubiy Koreyada ham shunga o'xshash vaziyat. So'nggi yillarda ilk marotaba koreyalik hamkasblarimiz qo'llariga kalkulyator olgan bo'lsalar ajab emas. Agar ularning terma jamoalari mag'lubiyaga uchrasalar va Suriya g'alaba qozonadigan bo'lsa, 1986 yildan buyon ilk marotaba JCHsiz qolgan bo'ladilar.

Hayot va mamot jangida MTJni qo'llab-quvvatlashimiz kerak! Odil vada berdi, qolgan futbolchilardan ham shijoat kutamiz, ko'zi etmagan futbolchi tinchgina o'yindan chiqib qo'ysin, bu ularning ham Vatani axir!

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика