So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Mashhurlardan eng sara fikrlar

Quyida Evropa matbuotida yangragan sport olamidagi mashhur shaxslarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "O'ylaymanki, ettita! CHunki etti - men uchun omadli raqam. Lekin bu kelajak bilan bog'liq, hozir esa qo'limda turgan sovrindan rohat olishni istayman". (2017 yilning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Krishtianu Ronaldu faoliyatini tugatguncha jami necha marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni o'ylayotgani haqida)

- "Siz 22 turli fikrdagi o'yinchilarni boshqarishingiz kerak, shuningdek sizni matbuot sinchiklab kuzatib turadi, bundan tashqari stadion to'la ishqibozlar, baqir-chaqirlarni aytmaysizmi. Yurak urishi 180ga chiqib ketadi va siz o'yinning boshidan oxirigacha yugurasiz. Bu dunyodagi eng yaxshi kasb". (Germaniyalik ayol hakam Bibiana SHteynxaus nima sababdan hakamlikni tanlagani haqida)

- "Tottenxem" fanatlari meni yoqtirib qolishgandi. Ular nomimni aytib qo'shiq kuylaganda dastlab meni haqorat qilishyapti deb o'ylaganman. "Nima uchun ismimni aytishyapti?" Menga bu narsa boshida yoqmagandi, shu bois iltimos unaqa qilmanglar deganman". (Dimitar Berbatov o'zi to'p surgan "Tottenxem" muxlislari haqida)

- "Men onamni juda qattiq yaxshi ko'raman va bu sovrin unga tegishli. Onam menga berilgan sovg'alar ichida eng kattasi va eng qadrlisi. Meni hammayoqdan qo'ng'iroq qilib tabriklashyapti. Bundan juda xursandman". (Togolik Fransis Kone FIFA "Feyr pley" sovrinini olganidan so'ng aytgan gaplari)

- "Uning katta tajribasi bor, u jahon chempionatini yutgan. Biz ham shu maqsad yo'lida harakat qilmoqchi ekanmiz, oramizda shunday insonlar bo'lishi kerak". (Belgiya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines yordamchisi Terri Anrining murabbiylar shtabida tutgan o'rni haqida)

- "Yoshligimdan murakkab ishlarni bajarishga o'rganib qolganman. Doim bir qarorga kelishdan oldin yuragimga quloq solganman. Men shunday insonmanki, qiyinchiliklardan qo'rqmayman va doim engib o'tishga harakat qilaman. Davrozabon bo'lib o'ynashning o'ziyoq xarakterimdan darak beradi". (Janluiji Buffon qanday xarakterdagi inson ekanligi haqida)

- "Buffon terma jamoada o'z debyutini nishonlagan payt men 14 yoshda edim. Men o'shandayoq "Roma" uchun o'ynardim, lekin terma jamoaning hatto yaqiniga yo'lamagandim. Terma jamoada birinchi o'yinimni o'tkazgan payt 16 yoshda bo'lganman. O'tgan yillar mobaynida katta o'sishga erishdim deb o'ylayman. Buffon 20 yildan beri cho'qqida turibdi va unga bu borada havas qilsa arziydi. Terma jamoada o'ynash qanchalik sharaf ekanini Jiji juda yaxshi biladi, uning natijalarini takrorlash qiyin". ("Roma" yarim himoyachisi Daniel de Rossi FIFA talqiniga ko'ra, "Eng yaxshi darvozabon" deb topilgan Janluiji Buffon haqida)

- "U Messi yoki Ronaldu kabi bo'lishi mumkin, agar o'ziga ishonishda va qattiq mehnat qilishda davom etsa. Keyn juda yaxshi futbolchi, u yanada o'sishga erishadi, chunki hali yosh va asosiy faoliyati oldinda". (NBA yulduzi Kobi Braynt "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn haqida)


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика