So’nggi yangiliklar

16:37CAFA Nations Cup. Ўмон – Ҳиндистон. Таркиблар маълум  0 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6

"Mashal": Yoshlarimiz "Lokomotiv" yoshlariga imkon qoldirmadi (To'liq sharh) Yangiliklar

"Mashal": Yoshlarimiz "Lokomotiv" yoshlariga imkon qoldirmadi (To'liq sharh)

Bugun Muborakda Oliy liganing 14-turi oldidan har ikki jamoa yoshlari ishtirokida tur o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda to'la tashabbusga ega bo'lgan maydon egalari hisobda ham yirik g'alabaga erishdi.  O'yinning 8 daqiqasida Maqsudjon Mahmudovni pasini Humoyun Murtozaev osonlik bilan darvozaga joylab qo'ydi.  23 daqiqada Sardor Abduraimov jarima zarbasini aniq ijro etdi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.  Oradan uch daqiqa o'tib Murtozaev himoyachilarni ortda qoldirdi va dubliga erishdi.  41 daqiqada Omonov jarima maydonchasi ichiga kirmay to'pga kuchli zarba berdi va to'rtinchi golni ham darvozaga kiritdi.  Mehmonlar har ikki bo'limda ham xavfli hujum tashkil etishni uddasidan chiqa olmadi.  
Ikkinchi bo'limda Sapargaliev maydonda ketma-ket o'zgarishlarni amalga oshirdi.  64 daqiqa "temiryo'lchilar"ning kamdan-kam tashkil etgan hujumini Usmonov golga aylantirib ketdi.  O'yinning so'nggi besh daqiqasida Maradona Safarov bitta ,  Abdiev ikkita gol kiritib "Mashal" yoshlarini yirik g'alabasini taminladi.  

Ushbu g'alabadan so'ng yoshlarimiz to'plagan ochkolari 26 taga etdi va turnir jadvalida hamon uchinchi pog'onada bormoqda.  

Yoshlar ligasi.  14-tur.

"Mashal" - "Lokomotiv" 7:1

Gollar:  1-0 Humoyun Murtozaev (8), 2-0 Sardor Abduraimov (23), 3-0  Humoyun Murtozaev (27), 4-0 Abbos Omonov (41), 4-1 Temur Usmonov (64), 5-1 Maradona Safarov (85), 6-1 Asliddin Abdiev(88), 7-1 Asliddin Abdiev (90).

Ogohlantirishlar:  Islom Ismoilov (11), Temur Usmonov (44), Jahongir Safarov (50), Tursunmurod Hamdamov (58),

"Mashal"
:  35. Javohir Ilyosov (c),  4. Yunus Ochildiev (Durbek Kamolov 68),  16. Xolmurod Xolmurodov (28. Maradona Safarov 46),  27. Sirojiddin Rahmatullaev,  29. Sardor Abduraimov,  32. Abbos Omonov (48. Tursunmurod Hamdamov 46),  40. Humoyun Murtozaev (45. Uyg'un Bobonazarov 46),  43. Jahongir Jiyamurodov (49. Najmiddin Quvonchiev 80),  44. Temur Masharipov,  46. Ixtiyor Toshpo'latov (39. Maqsudjon Mahmudov 16),  47. Asliddin Abdiev.

"Lokomotiv"
:  44. Abrorjon Karimov,  7. Boburbek Tillaboev,  8. Jahongir Safarov,  9. Aziz To'xtamatov,  11. Temur Usmonov(c),  14. Sergey Proxorov,  15. Galibek Karimov,  17. Ulug'bek Abdullaev (10. Orifxo'ja Abduxoliqov 40),  18. Alisher CHeraliev,  19. Islom Ismoilov,  22. Lazer Adamov.
Zaxira:  26. Sarvar Karimov,  6. Abbos Komilov,  ,  12. Boburbek Ergashev,  20. Ibrohim Fuzaylov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика