So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

“Mashal”: Yoshlarga ishonch – kelajakka ishonch Yangiliklar

“Mashal”: Yoshlarga ishonch – kelajakka ishonch

Ayni vaqtda "Mashal” yig'inida bir qator yoshlar ishtirok etmoqda.
Ushbu futbolchilar asosiy tarkib bilan bir qatorda mashg'ulotlarda ishtirok etib, o'zlarini istedodlarini namoish etmoqda. Ushbu futbolchilar birinchi yig'in borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

O'tgan mavsum “SHo'rtan” safida ijarada o'tkazgan ikki futbolchimiz Durbek Kamolov va Maqsudbek Mahmudov yana jamoaga qaytdi.

Durbek Kamolov – “Mashal” ning asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etib, o'zimga etarlicha tajribaga ega bo'lmoqdaman. Birinchi navbatda menga o'tgan mavsum o'yin amaliyotini bergan “SHo'rtan” klubi va Muxtor Qurbonovga minnatdorchilik bildiraman. Kelayotgan mavsum asosiy tarkibdan o'rin olib jamoaning g'alabalariga munosib hissa qo'shmoqchiman.

Tursunmurod Hamdamov  – Birinchi ligadan so'ng asosiy tarkibga kirish uchun munosib harakat qilmoqdaman. Mashg'ulotlar juda og'ir bo'lishiga qaramay munosib ishtirok etmoqdaman. O'zim ushbu mavsum asosiy tarkibga kirish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Bosh murabbiyimizni ishonchini oqlab, asosiy tarkibga kirish uchun harakatni boshladim. Asosiy tarkibga munosib bo'lish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Bobur To'raev – Asosiy tarkib mashg'ulotlari etarlicha murakkab deya olaman. Tatildan so'ng biroz jismoniy tayyorgarlikdan oz bo'lsada chiqqan edik. Ayni vaqtda asosan jismoniy holatni tiklash borasida mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Har bir mashg'ulot o'zgachaligi bilan meni qiziqtirmoqda. Albatta kuchli murabbiylardan etarlicha ko'rsatmalarga ega bo'lmoqdamiz.  Asosiy tarkibga kirish uchun jiddiy harakat qilish kerak. Klubning himoya chizig'ida kuchli raqobat bor. Men ham o'z o'rnimni topmoqchiman.

Maqsud Mahmudov – “SHo'rtan”da o'tgan bir  yil davomida ozgina bo'lsa ham katta futbol havosini ko'rdik. Buning uchun albatta klub rahbariyati va bosh murabbiyimizga rahmat aytaman.  “Mashal” men uchun begona klub emas va bu klubga kirishib ketishimda hech qanday muammo bo'lmasligini bilaman. Faqatgina bor kuchim bilan harakat qilib,  asosiy tarkibga kirishga intilaman.  

SHohjahon Qilichev –
“Mashal”da o'tgan bir necha yillar davomida asosiy tarkib uchun harakat qildim. Bu yil bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov meni asosiy tarkibga jalb etdi. Albatta murabbiyni ishonchini oqlash uchun bor kuchimiz bilan mashg'ulotda ishtirok etmoqdamiz.  Asosiy tarkib mashg'ulotlari albatta og'ir bo'ladi. SHunga qaramay biz etarlicha kuch bilan harakat qilamiz. Asosiy tarkibga kirish har bir futbolchini orzusi. Himoyadagi kuchli raqobatda albatta o'sishga erishaman deb o'ylayman.

SHohruh Dostonov – Yoshlar ligasi bilan asosiy tarkib o'rtasida katta farq bor. Buni bilgan holda asosiy tarkib mashg'ulotlarida o'zimni ko'rsatishim kerak. Yoshlar ligasi to'purar bo'lish oson deya olmayman. Lekin asosiy tarkibda bitta gol urish ham katta mehnat talab qiladi. Bu mehnatni biz asosiy tarkib mashg'ulotlarida ko'rsatib, o'yinda isbotlashimiz kerak.  Mashg'ulotlar oson deya olmayman. SHunga qaramay men uchun juda ham qiziqarli o'tmoqda. “Paxtakor”ga qarshi bo'lib o'tgan nazorat bahsida gol urishga harakat qildim. Albatta keyingi uchrashuvlarda gol kiritishni maqsad qilganman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика