"Mashal" yana 4 nafar futbolchi transferini elon qildi
03 mar 12:56
Yangiliklar
"Mashal" yana 4 nafar futbolchi transferini elon qildi
Unga ko'ra, "Mashal" 26 yoshli himoyachi Zafar Akramov bilan 1 yillik, yarim himoyachi Ibrohim No'monov bilan 2 yillik, yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev bilan 1 yillik, yarim himoyachi Nodirxon Habibullaev bilan 3 yillik kelishuv tuzgani aniq bo'ldi.
Akramov faoliyatining asosiy qismini aynan "Mashal"da o'tkazgan, bir muddat "Qo'qon-1912"da o'ynagan. No'monov ham muborakliklar tarkibida uzoq vaqt harakat qilgan, shuningdek, "Qo'qon-1912", "Neftchi" va OKMK sharafini himoya qilishga ulgurgan. Tajribali Rahmatullaev "Lokomotiv", "Nasaf", "Paxtakor", "Dinamo", "Metallurg", "Qo'qon-1912" va "Andijon", bundan tashqari, "Shanliurfaspor" (Turkiya) jamoalari libosida maydonga tushgan. 21 yoshli Habibullaev esa "Paxtakor" akademiyasida tarbiyalanib, bir necha yosh toifalarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar