So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  6 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

“Mashal” – “Navbahor” uchrashuvi raqamlarda Yangiliklar

“Mashal” – “Navbahor” uchrashuvi raqamlarda

Teglar :  MashalNavbahor
Oliy liganing 4-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvida qayd etilgan natijalar bilan tanishing.

Eng kam: “Mashal” – “Navbahor” uchrashuvida bosh hakam cho'ntagidan bir bor sariq kartochka olishga majbur bo'ldi xolos. Bu bellashuv 4- tur o'yinlari orasida eng kam ogohlantirish ishlatilgan uchrashuvga aylandi.

Eng yomon: Uchrashuvni boshqargan bosh hakam Temur To'xtasinovning ishi nazoratchi tomonidan 7,7 ballga loyiq topildi. Andijonlik referi 4- turda hamkasblari orasida eng kam baho oldi.

1- Yarim himoyachimiz Dilshod Jabborov O'zbekiston chempionati doirasida “Navbahor”ning mehmonda urilgan birinchi goliga mualliflik qildi.

2- Muborakda o'tkazilgan o'zaro o'yinlar tarixida 2:1 hisobi ikkinchi marotaba qayd etildi. Birinchi bor xuddi shu hisob 2005- yilda kuzatilgan. Ushbu o'yinda sariq kartochka olgan himoyachimiz Aziz G'ulomxo'jaev mavsumda ikkinchi marotaba ogohlantirish ishladi. Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov uchun “Mashal” – “Navbahor” uchrashuvi Oliy liga ushbu mavsumida boshqargan ikkinchi o'yini. Etiborlisi, To'xtasinov har ikki o'yinda ham sakkiz balldan past baxolangan.

3- Dilshod Jabborov “Navbahor”ning O'zbekiston chempionati ushbu mavsumidagi uchinchi goliga mualliflik qildi. To'rt o'yinda maydonda to'liq harakat qilgan Uchta futbolchimiz

4- To'rtinchi turdan so'ng hali g'alaba qozonmagan jamoalar to'rtta qoldi. “Navbahor”dan tashqari “SHo'rtan”, “Obod” va “So'g'diyona” ham muvaffaqiyat qozona olishmagan.

5- “Mashal”ning O'zbekiston chempionatida urgan gollari soni beshtaga etdi.

6- “Lochinlar”ning Muborakdagi bellashuvdan so'ng chempionatdagi o'tkazib yuborgan gollari endi oltitani tashkil etmoqda.

7- Hisobida sariq kartochkasi bor futbolchilarimiz ettita bo'ldi

8- Sakkiz yildan buyon “Navbahor” muborakliklar maydonida o'z darvozasidan ikki va undan ortiq to'p o'tkazib yubormoqda.

9- Musobaqa peshqadami bilan jamoamiz orasidagi ochkolar farqi 9 tani tashkil etmoqda.

10- CHempionatimizdagi o'nta jamoa mehmonda uch ochko ishlay olishmadi.

12- O'n ikki yildan buyon jamoamiz “Mashal” maydonidan g'alabasiz qaytmoqda.

13- Endi muborakliklar “Navbahor” bilan o'zaro o'yinlarda 13 g'alabaga ega bo'lishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика