So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

Mashal: Bolalar va o'smirlar futbol maktabi bitiruvchilarga sertifikatlarni topshirdi Yangiliklar

Mashal: Bolalar va o'smirlar futbol maktabi bitiruvchilarga sertifikatlarni topshirdi

Teglar :  Mashal
“Mashal” Professional Futbol Klubining anjumanlar zalida “Bolalar va O'smirlar Futbol Maktabi”ning 2000 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilariga maxsus sertifikat va diplomlar topshirildi.

Marosimda klub bosh direktori,Qurbonov Ilhom Abdug'anievich, hamda BO'FM direktori Yumangulov Abduraxmon Rafailovich, BO'FM katta murabbiyi Andaev Dilshod Boymurodovichlarva bitiruvchilar murabbiyi Andaev SHerzod  hamda BO'FM murabbiyilari ishtirok etishdi.



 Marosimda so'zga chiqqan klub bosh direktori Ilxom Abdug'anievich bitiruvchilarni tabriklab keyingi faoliyatlariga ulkan omad va muvoffaqiyat tiladi.

 SHundan so'ng tabriklash uchun so'zga chiqqan BO'FM direktori Abduraxmon Rafailovich bitiruvchilarga keyingi faoliyatlriga omad tilab, yurtimiz futboliga o'zlarining beqiyos hissalarini qo'shishlarini takidlab o'tdi.



 SHuningdek kechada bitiruvchilarni BO'FM murabbiylari D. Andaev,Z. To'raqulov, SH. Andaev, J. Egamberdiev, O. Avezov, U. Bobonazarov, SH. Zoirovlar ham tabriklab o'tdilar.

  SHundan so'ng bitiruvchilarga tantanali ravishda maxsus sertifikatlar topshirildi.



Bugungi kunda yurtimizda, Futbolga berilayotgan etibor tahsinga loyiqdir “Mashal” Professional Futbol Klubining tarbiyalagan yoshlar nafaqat yurtimizda balki Osiyoning bir qator chempionatlarida ham to'p surib kelmoqdalar. Hozirda nafaqat Oliy Ligamizda balki quyi ligalarimiz jamoalari tarkibida ham klubimiz tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritmoqda. “Mashal” o'zbek futbolidagi yorqin alanga. Biz ham tarbiyalanuvchilarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика