Marsyalning agenti qishda forvardning klubini o'zgartirishini aytdi
10 dek 2021 19:31
Yangiliklar
Marsyalning agenti qishda forvardning klubini o'zgartirishini aytdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalning agenti Filipp Lamboli qishki transferlar vaqtida forvardning klubini o'zgartirish istagi borligini malum qildi.
"Antoni yanvarda "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Futbolchi "Manchester Yunayted"da qolishni istamaydi. Tez orada klub rahbariyati bilan bu borada gaplashaman", - deydi Lamboli.
Eslatib o'tamiz, Marsyal 2015 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da to'p suradi. 2021/22 yilgi mavsumda forvard jamoasining 10 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urishga erishgan. Transfermarkt.com portali 26 yoshli franciyalik futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar