Marselo: "Beyl hali ham ispanchani bilmaydi"
12 fev 2019 21:23
Yangiliklar
Marselo: "Beyl hali ham ispanchani bilmaydi"
"Real" himoyachisi Marseloning aytishiga ko'ra, Garet Beyl ispanchani bilmaydi.
Beyl 6 yildan buyon "Real"da o'ynamoqda.
"Ronaldu bilan munosabatlarim juda yaxshi bo'lgan. U bilan birga 9 yil o'ynadim. Uning ketgani esa achinarli.
Kiko Kasilyaning "Lids"ga ketgani ham alamli. U kiyinish xonasida mening to'g'rimda o'tirardi. Har doim undan "Kiko, ishlaring qanday?" deb so'rardim. Endi mening to'g'rimda hech kim o'tirmaydi.
Yon tomonimda esa Beyl o'tiradi. U hali ham ispanchani bilmaydi, faqatgina inglizcha. U bilan imo-ishoralar yordamida gaplashamiz", - dedi Marselo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar