Markizio: "Benzema 2010 yilda "Yuventus"ga o'tishga yaqin edi"
27 mar 2021 09:00
Yangiliklar
Markizio: "Benzema 2010 yilda "Yuventus"ga o'tishga yaqin edi"
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio "Real" forvardi Karim Benzemaning 2010 yilda "keksa sinora" safiga o'tishga yaqin bo'lgani haqida aytdi.
"Ha, bu haqiqat, Benzema "Yuventus"ga o'tishga yaqin edi, o'sha yili CHiro Ferrara murabbiy bo'lgandi.
U bilan "Real"da hammasi ham o'xshamadi, klub u yoki Gonsalo Iguaindan birini sotishni aniqlab olishi kerak edi. Yakunda ikkisi ham qoldi, bir necha yillar o'tib Iguain "Napoli"ga o'tdi. Karim haqiqatdan ham yozda "Yuventus"ga o'tishga juda yaqin edi, ammo afsuski bu amalga oshmadi. Ammo bu ro'y berishi mumkin edi", - deydi Markizio.
33 yoshli Benzema "Real" safida umumiy 545ta o'yinda maydonga tushib, 272ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar