So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

"Markaziy" stadion maydoni oppoq qordan yashil rangga burkanmoqda FOTO Yangiliklar

"Markaziy" stadion maydoni oppoq qordan yashil rangga burkanmoqda FOTO

Ayni paytda Qarshidagi "Markaziy" stadion ishchilari maydonni qordan tozalashmoqda.

Kecha Qarshida juda qalin qor yoqqani haqida xabar bergandik. Natijada maydon qalin qor bilan burkangandi. Kecha stadion ishchilari maydonga maxsus material yopib qo'yishgandi. Hozirda stadion xodimlari maydonni o'yinga tayyorlash ishlarini olib borishmoqda. Xususan maydonga tushalgan maxsus materialni tartib bilan yig'ishtirib olishmoqda.

SHuningdek, tribunalar qordan tozalanmoqda. "Markaziy" stadion bugun soat 16:00da boshlanajak uchrashuvga shay holatga keltirilmoqda.

Uchrashuvga chiqarilgan chiptalarning katta qismi sotib bo'lingan. "Markaziy" stadion kassasida hozirda sotuvda qolgan chiptalar savdosi davom ettirilmoqda.

Qarshida ayni paytda havo harorati -8 darajada sovuq. O'yin paytida esa havo harorati +2 darajaga tushishi kutilmoqda.


SHahboz Beg'amov va Tolibjon Qosimov
Qarshi shahridan maxsus

Reyting: +101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика